YANGILIKLAR

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va Germaniyaning PRAXX -Germaniyada kasbiy malaka oshirish, kasbiy ta’lim- xalqaro dialog-barqaror muvaffaqiyat dasturi doirasida shartnoma imzolandi.

img

PRAXX dasturining koordinatori F.Saidovni 19 noyabr kuni institut rektori X.B.Yunusov va institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.A.Pardayev kutib olishdi. Tomonlar dastur bo’yicha Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalarining 2018-2019 o’quv yilida Germaniyada qishloq xo’jaligining turli sohalari bo’yicha tashkilotlarda o’quv amaliyotini o’tkazish bo’yicha shartnoma imzolashdi.

Ushbu  o‘quv amaliyoti - mutaxassislikka ko‘ra amaliy bilimlarni, kasbga tayyorgarlikni va tajribalar natijasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, amaliyot - kasbiy va amaliy malakani oshirish va shu jumladan mutaxassislikka ko‘ra qo‘shimcha o‘rganish va kelajakda kasbiy faoliyatda o‘rgangan bilimlarini qo‘llashlarida qo‘l keladi. Amaliyot davomida shuningdek amaliyotchilar Germaniya ishlab chiqaruvchilari hayoti va tajribalari bilan yaqindan tanishishlariga katta imkoniyat beriladi. 
Undan tashqari kelajakda institutning professor-o’qituvchilariga xorijiy tillarni o’qitish va Germaniyalik soha mutaxasislarini institut o’quv jarayoniga jalb qilish borasida kelishuvga erishildi.
Kunning ikkinchi yarmida Germaniyaga borish istagida bo’lgan institutning 3 bosqich talabalari o’rtasida saralash imtihonlari o’tkazildi.

 

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti matbuot kotibi 
Shaxzod Axmedov