YANGILIKLAR

SamVMIda yangi o‘quv yili boshlandi

img

Joriy yilning 5 sentyabr kuni Samarqand veterinariya meditsinasi instituti ochiq sport maydonida  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan oliygoh talabasi bo‘lgan yosh-yigit qizlarning qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, professor X.B.YUnusov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. 
Tadbirni institut rektori, professor X.YUnusov kirish so‘zi bilan ochib, respublikamiz Davlat mustaqilligining 27 yilligi bayrami hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi. Rektor o‘z so‘zida Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. 
YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Axrorov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni  institut kiyinish odobi, muomila madaniyati bo‘yicha institut ichki tartib qoyidalari borasida atroflicha to‘xtaldi.  
SHundan so‘ng, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun bir qator professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. 



SamVMI Matbuot xizmati,
Farida  XADJAEVA.