YANGILIKLAR

“Zamonaviy olma yetishtirish texnologiyasini qo’llash orqali O’zbekistonda fermerlar daromadlarini oshirish”loyihasi qisqacha tavsifi

img

Loyiha homiysi: JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti) dasturi
Ishtirokchilar: Yaponiyaning Xiroski universiteti, Fujisaki shahri olma yetishtiruvchilar assosasiyasi, Fujisaki tumani olma yetishtiruvchi fermerlar 
Toshkent Davlat Agrar universiteti, Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Toshkent va Samarqand viloyatida olma yetishtiruvchilar uy xo’jaliklari va fermerlar 
Loyiha maqsadi: Yaponiyaning Xirosaki universiteti va fermerlari ishtirokida olmaning Fuji navini O’zbekistonda iqlimlashtirish, zamonaviy olma yetishtirish texnologiyasini qo’llash orqali O’zbekistonda olma yetishtiruvichlar daromadlarini oshirishdir.
Loyiha muddati: 2019-2021 yillar 
Byudjeti: 380 ming AQSh dollari. Ushbu loyiha JICA tomonidan qoplanadi.
Loyiha doirasida 2020-2021 yillarda  30 nafar mutaxassislar malaka oshirish kurslari Yaponiyada tashkil etiladi. Shuningdek, Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida, Toshkent, Farg’ona va Samarqandda trening kurslari bo’lib o’tadi. 
Ma’lumot uchun: Loyihaning 1 fazasida SamVMIdan 10 nafar professor-o’qituvchi olma yetishtirish bo’yicha o’z malakalarini Yaponiyada nazariy va amaliy kurslada ishtirok etib qaytishdi. 1 nafar magistr va hozirda 1 nafar doktorant Xirosaki universiteti ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Shunindek, 12 nafar Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida Samarqand va Jizzax viloyati fermerlari, professor-o’qituvichlar ishtirokida treninglar tashkil etildi. 
SamVMI da o’quv maqsadlari uchun sig’imi 2 tonnalik meva saqlash ombor-xoldilnik, 2 purkagich mini-traktor va 0.1 ga maydonda bog’ tashkil etildi. Shuningdek, qiymati 10 ming AQSh dollarilik bog’da ishlash uchun asbob-uskunalar xarid qilindi.