YANGILIKLAR

Bitiruvchilar qasamyod qabul qilishdi

img

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti bitiruvchilari veterinariya vrachi qasamyodini qabul qilishdi.

Ushbu tadbirda institutning o'quv ishlari bo'yicha prorektori B.Narziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A.Daminov va fakultet dekani X.Niyozovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar bitiruvchi talabalar 4 yil davomida olgan bor bilimlarini ishlab chiqarishda qo'llashi va mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasi rivojiga o'z xissalarini qo'shishi lozimligini aytib o'tishdi.

Shuningdek, soha bo'yicha ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqchi bo'lgan bitiruvchilar magistraturada o'qishini davom ettirishi mumkinligini, bu borada xatto xorijiy oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun imkoniyat borligini aytib o'tishdi.

Imtiyozli diplom bilan tugatayotgan bitiruvchilarga shuyerning o'zida diplomlar topshirildi.

Institut matbuot kotibi

Shaxzod Axmedov