YANGILIKLAR

Xalqaro tashrif

img

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash va ta`lim tizimida yuqori natijalarga erishishni qo`llab-quvvatlash hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3703-sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida institut rektorining taklifiga binoan 2018 yil 10 sentabr kuni O`zbekiston Respublikasidagi Polsha Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Pyotr Ivashkevich “Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga veterinariya parazitalogiyasi bo`yicha multimediyali o'qitish tizimini joriy qilish” loyihasini imzolash uchun tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori, professor X.B.Yunusov boshchiligida professorlar Sh.Hasanov va N.Dilmurodovlar hamda institutning xalqaro hamkorlik bo`limi boshlig`i X.Pardayevlar birgalikda kutib olishdi.
Rektor mehmonni institutga tashrifini samimiy qutlab, janob elchining tashrifi va mamlakatlarimiz o`rtasida turli sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy hamda oliy ta`lim tizimini rivojlantirishdagi kengayib borayotgan aloqalarni mustahkamlanib borayotganligidan xursand ekanligini bildirdi.  
Uchrashuv chog`ida tomonlar tuzilayotgan “Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga veterinariya parazitalogiyasi bo`yicha multimediyali o'qitish tizimini joriy qilish” mavzusidagi loyiha ustida kelishuvlarni suhbatlashib olishdi (1-rasmlar jamlanmasi) hamda tomonlarning kelishuviga binoan shartnoma rasmiy imzolandi (2-rasmlar jamlanmasi).
Izox. Tomonlar o`rtasida tuzilgan shartnoma Samarqand veterinariya meditsinasi institutining “Veterinariya parazitalogiyasi o`quv labaratoriyasi”ga multimediyali doska va multimediyali mikroskoplar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Loyiha Polsha respublikasining hamkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag'lardan moliyalashtiriladi.

1-rasmlar jamlanmasi.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektorining qabulidagi O`zbekiston Respublikasidagi Polsha Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Pyotr Ivashkevich “Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga veterinariya parazitalogiyasi bo`yicha multimediyali o'qitish tizimini joriy qilish” loyihasini amalga oshirish va tomonlarning bajaradigan vazifalarini kelish jarayonidan foto lavhalar:

2-rasmlar jamlanmasi.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori bilan O`zbekiston Respublikasidagi Polsha Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Pyotr Ivashkevich “Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga veterinariya parazitalogiyasi bo`yicha multimediyali o'qitish tizimini joriy qilish” loyihasi shartnomasini imzolash jarayonidan foto lavhalar: