MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri

Sanayev Sobir Toyirovich

  • Qabul vaqti: Dushanbadan jumagacha, har ish kuni soat 900 dan 1100 gacha, bosh bino, 40-xona.
  • Telefon: Telefon:+99893 297 -00-22 Faks:+99866 234-07-86
  • Elektron pochta: sanayev.sobir@mail.ru

Sanayev Sobir Toyirovich 06.03. 1978 yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tavallud topgan.
Millati: O’zbek
Ma’lumoti: Oliy, Samarqand qishloq xo’jalik instituti (bakalavr, 1995-1999 yy), Toshkent davlat agrar universiteti (magistr 1999-2001 yy.)
Mehnat faoliyati: Samarqand qishloq xo’jalik instituti talabasi (bakalavr, 1995-1999 yy)
         Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (magistr 1999-2001 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti (2001 y)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti aspiranti (2001-2004 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi o’rindoshlik bo’yicha assistenti (2002-2005 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti (2005-2011 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari, o’rindoshlik asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dosenti (2011-2014 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, o’rindoshlik asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dosenti (2015-2017 yy)
Samarqand qishloq xo’jalik instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti dekani,  o’rindoshlik asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dosenti (2015-2018 yy)
Ilmiy darajasi: Qishloq xo’jalik fanlari doktori
Ilmiy unvoni: Dosent
Ish staji: 23 yil
Pedagogik staji: 17 yil
O’qitiladigan fanlari: Mevachilik va sabzavotchilik, mevachilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, polizchilik
Yutuqlari: Pedagogik maxoratni oshirish uchun yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalari bo’yicha 4 marta malaka oshirib, O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi sertifikati bilan taqdirlangan.
2015 va 2016  yillarning 1-11 noyabr kunlari Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA)dasturi doirasida Xirosaki universitetida xizmat safarida bo’lib, JICAning «O’zbekistonda olma yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish orqali fermerlar daromadini oshirish»  dasturi doirasida malaka oshirib sertifikat bilan taqdirlandi. 2016 yilning 8-12 may kunlarini Janubiy Koreyaning Geonsang milliy universitetida halqaro konferensiyada meva-sabzavotchilik sohasi bo’yicha ishtirok etdi.
Ilmiy ishlari: 
1.    Sanayev S.T., Ostonaqulov T.E. Kartoshkani tuganaksiz, o’simtadan yetishtirish // “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnali. – Toshkent, 2006. № 3. B. 24. (06.00.00., №4).
2.    Sanayev S.T. Kartoshka navlarining o’simtalaridan o’stirilgandagi hosildorligi // O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnalining “Agro-ILM” ilovasi. – Toshkent. 2012. № 4(24). B. 27. (06.00.00., №1).
3.    Sanayev S.T., Qo’yliyev N., Aliqulova N. Kartoshkani tuganak va o’simtalardan yetishtirilgan urug’bop hosilni ikki hosilli ekin sifatida o’stirish // “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnali. – Toshkent, 2015. № 4. B. 35. (06.00.00., №4).
4.    Sanayev S. Selection of grades and technology of growing potatoyes suitable for growing seyedlings without tubers // Thye way of sciyencye. Iinternational sciyentific journal. - Russia. 2017. -№ 2 (36). P. 103-105. (Global Impact Factor, IF – 0,543). 
5.    Sanayev S.T. Kartoshkachilikda yangi uslub // “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnali. – Toshkent, 2017. № 3. B. 46. (06.00.00., №4).
6.    Sanayev S.T., Usmonov N. Kartoshkachilikda resurstejamkor texnologiyalar // O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnalining “Agro-ILM” ilovasi. – Toshkent. 2017. № 2(46). B. 61. (06.00.00., №1).
7.    Sanayev S.T., Amirov H. Kartoshkani tuganak va o’simtalardan yetishtirish agrotexnikasi // O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnalining “Agro-ILM” ilovasi. – Toshkent, 2017. № 3(47). B. 65-66. (06.00.00., №1).
8.    Sanayev S.T. Kartoshka o’simtalarini yetishtirish texnologiyasiga oid tavsiyalar // Samarqand, 2004. B. 7.
9.    Sanayev S.T. Kartoshka navlarini o’stirishda tejamkor texnologiyalar // Kangwon National University; Samarkand Agricultural Institute “Regional innovation systems in Agriculture” Samarkand, 2015. B. 292-294.
10.    Sanayev S.T. Kartoshka navlar to’plamini tuganaksiz o’simtalardan o’stirish // O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda qishloq xo’jalik fani yutuqlari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami. 1-qism. – Samarqand, 2015. B. 160 – 162.
11.    Sanayev S. Yeconomical Technologiyes of Potato Variyetiyes Grown on thye Condition of Uzbekistan // Thye 2nd GNU-CALS International Symposium. May 10, Korea, 2016. R. 21.
12.    Sanayev S.T. Kartoshka navlarini o’simtalaridan o’stirish // Yosh olimlar respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Termiz, 2016. B. 695-696. 
13.    Sanayev S.T., Amirov X. Kartoshkani tuganak va o’simtalaridan yetishtirish agrotexnikasi // Qishloq xo’jaligini rivojlantirish harakat strategiyasida yosh olimlarning o’rni va vazifalari. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va yosh olimlarning ilmiy maqolalar to’plami. – Samarqand, 2017. B. 106-108.
14.    Sanayev S.T., Amirov X. Kartoshkachilikda o’simtalaridan o’stirish // International conferencye on “Agriculture, regional innovation and international cooperation” Samarkand, 2017. R. 249-252.
Ilmiy rahbarligi: 100 dan ortiq  bakalavr bitiruvchi talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Oilaviy ahvoli: Oilali, 3 nafar farzandi bor.

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMChILIK KAFEDRASI

Kafedrani 2018 yil avgust oyidan boshlab Sanayev Sobir Toyirovich 1 shtat birligida boshqarib kelmoqda. Shuningdek kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Xolmirzayev Baxrom Xudoyqulovich- kafedra dosenti, q.x.f.nomzodi
Komilova Maxbuba Mo‘minova - kafedra dosenti, q.x.f.nomzodi
Xamdamova Elnura Iskandarovna - kafedra dosenti, q.x.f.nomzodi
Amirov Xamidullo Suyunovich- kafedra assistenti
Mamatov Bozorboy Sayfiddinovich- kafedra assistenti
Djumayev Ma’ruf Mennonovich - kafedra assistenti
Tojiboyeva Zilola Akramovna - kafedra assistenti
Norbekov Xurshid Toshquvatovich-laboratoriya mudiri
Qo`chqorova Sadoqat-laborant

Samarqand veterinariya medisinasi instituti 
“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi 
NIZOMI
Asosiy qoidalar.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225 modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295 modda) qonunlariga, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga hamda “Oliy ta’lim muassasining kafedralari to‘g‘risida namunaviy NIZOM” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil “3” dekabr №487-sonli buyrug‘iga ilova) va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 7 avgustdagi 220-sonli buyrug‘iga muvofiq SamVMI «Meva –sabzavotchilik va uzumchilik» kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 

I.    Umumiy qoidalar
1.Ushbu Nizom SamVMI « Meva –sabzavotchilik va uzumchilik » kafedrasi faoliyati uchun amaliy xususiyatga ega. 
Kafedra SamVMI (yoki Agronomiya fakulteti)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar: Mevachilik va sabzavotchilik, Uzumchilik, Manzarali bog‘dorchilik, Ko‘chatchilik, Sabzavotchilik, Polizchilik, Funsiontal meva-sabzavotlar, Tomorqa sabzavotchiligi, Mevachilik, Himoyalangan yer sabzavotchiligi, Lalmikor mevachilik, Intensiv mevachilik kabi qator fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2.Kafedra tarkibiga pedagog xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, dosent, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajerlardan tashqari stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, shuningdek laboratoriya mudiri va o‘quv-yordamchi xodim-laborantlar kiradi.
3. SamVMI «Meva –sabzavotchilik va uzumchilik» kafedrasining professor-o‘qituvchilari “Ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
4.Kafedra o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarga (kompyuter sinflariga), kabinetlarga, markazlarga va boshqa bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
5.Kafedra kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida va “SamVMI qoshidagi akademik lisey va qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari bilan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi” asosida tashkil etiladi.

II.    Kafedrani tashkil etish va boshqarish
6. Kafedra, kamida yettita o‘qituvchi mavjud bulib, ularning biri, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga va kamida ikkita fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etiladi. Bundan istisno holatlar bo‘yicha kafedralarni tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
7.    Kafedra bevosita SamVMI rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor)ga va fakultet dekaniga bo‘ysunadi.
8.    Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim SamVMI rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9.    Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari
10.    Kafedra mudirining shaxsiy rejasi SamVMI rektori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
11.    Kafedra mudiri:
•    oliy ta’lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
•    kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
•    kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
•    oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;
•    belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.


IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish
12.Kafedra faoliyati o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

V. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
•    rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
-kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
-kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa takdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
•    darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
•    o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
-talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
-talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
•    iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Iste’dod" jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
•    talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
-tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadkiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;
-kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
-zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
-ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
•    byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloha o‘rnatish;
•    oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
•    kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
•    xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
•    talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil kilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
•    kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
•    institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
-o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
•    talabalarda vatanparvarlik, o‘z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosiga va umuminsoniy kadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo‘yicha «Ma’naviyat» markazlari, talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejalari;
•    kafedra fanlari bo‘yicha amaldagi me’yoriy, o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
-anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro‘yxati (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak);
-majlislar bayonnomalari.


Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi
Kafedra 1932-yilda tashkil topib, unga professor N.S.Lesov rahbarlik qilgan. Uzoq yillar mobaynida kafedraga professor L.N.Gorev, dosentlar V.V.Nazarkin, M.G.Seytlin, L.T.Toshmatov, S.B.Bekmurodov, professor R.O.Oripov, dosent T.S.Musayev, professor D.T.Abdukarimov, T.Ye.Ostonaqulov, dosentlar S.X.Narziyeva, E.Xamdamova, M.Komilova mudirlik qilgan.
2018-yildan kafedraga qishloq xo`jalik fanlari doktori, dosent S.T.Sanaev mudirlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, dotsentlar, 4 ta assistantlar, laboratoriya mudiri va katta laborant faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI
Kafedrada 2 ta o‘quv xonasi, 3 ta professor-o‘qituvchilar xonasi, 1 ta laborantlar xonasi, 1 ta komp’yuter sinfi mavjud. 
Kafedra tarkibi va moddiy bazasi bo‘yicha shuni aytish o‘rinliki, hozirgi kun talabi darajasida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o‘qituvchilarni sifat jihatdan yaxshilanishga har bir asosiy mutaxassislik fanlar bo‘yicha alohida o‘qitish xonalariga va professor - o‘qituvchilar o‘tiradigan xonalarda 2-3 kishidan oshirmaslikka yerishish talab yetiladi. Laboratoriya darslari o‘tiladigan xonalarda zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlash kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. 
KAFEDRADA O‘QUV-USLUBIY IS’HLAR
Kafedrada Agronomiya, Agroiqtisodiyot va hamda Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetlarining talabalariga jami 13 ta fandan darslar o‘tilmoqda.
Kafedrada o‘tiladigan fanlarning hozirgi kun talablari darajasida O‘UM lari tayyorlandi va ular gipermurojat ko‘rinishida institut ARM iga topshirildi. Kafedrada o`qituvchilar tomonidan zamon talablari darajasida innovasion texnologiyalar asosida ma’ruzalar o‘qilmoqda. Kafedra mudiri, S.T.Sanayev 2010-2011 yillarda O‘zR Prezidentining "Iste’dod" jamg‘armasida, 2017-2018 yillarda dotsentlar B.X.Xolmirzaev, M.M.Komilova, E.I.Xamdamova, assistentlar M.M.Djumaev, X.S.Amirovlar malaka oshirib, sertifikat oldi va olgan yangi pedagogic texnologiyalar, bilim va ko‘nikmalarini darslarda qo‘llamoqdalar.
Kafedrada zamon talablariga mos ko‘rgazmali materiallar, gerbariylar, jadvallar slayd ko‘rinishlarida yangilanib dars jarayonlarida foydalanilmoqda. 
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-TADQIQOT IS’HLARI
Kafedra olimlari tomonidan Respublika hududlarining tabiiy – iqlim sharoitlariga mos kartoshka, kungaboqar, sabzavot (shirin) makkajo’xori, topinambur (yer noki) hamda batatning yangi nav va duragaylarini yaratish mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedrada 1223 ta kartoshka navlar, duragaylar, klonlar, liniyalar va duragay populyasiyalar to‘plamidan iborat 26 ta mamlakatdan keltirilgan genofond seleksiyasining 9 ta yo‘nalishi bo‘yicha sinalib baholanmoqda. Bizning sharoitimizda yangi sabzavot yekinlaridan bo‘lgan shirin (sabzavot) makkajo‘xorining 37 dan ortiq nav va duragaylari ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinalib, o‘rganilib, istiqbollilari ishlab chiqarishga tavsiya yetilmoqda.
Kafedrada 8 ta (kartoshkaning Quvonch 16/56 m, Bahro-30, Hamkor-1150, Bardoshli - 3, Yaroqli, shirin (sabzavot) makkajo‘xorining Sherzod, Zamin, tarvuzning Dehqon, Fermer) navlari yaratilib, mualliflik guvohnomalari hamda 6 ta ixtiroga patent olingan va hozirgi kunda yana 1 ta ixtiroga patent olish uchun ariza berilgan.
Keyingi yillar davomida kafedrada 10dan ortiq fan nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi. 
KAFEDRA XODIMLARINING IS’HLAB CHIQARIShGA YORDAMI
O‘zR Vazirlar mahkamasining va Samarqand viloyati hokimligining ishchi guruhlari tarkibida kafedra a’zolaridan B.X.Xolmirzayev, S.T.Sanayev, M.Djumaev, B.S.Mamatovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qonunlarini bajarish borasida Respublika va Samarqand viloyatining patachilik va g‘allachilikka hamda meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklariga borib asosiy yekinlardan bo‘lgan g‘o‘za, bug‘doy hamda bog‘ va tokzorlarni agrotexnikasini bo‘yicha fermerlarga maslahatlar berdilar. Samarqand viloyati hududida joylashgan 10 ga yaqin qishloq xo‘jalik kolledjlariga borib fermerlar o‘qishlarida ma’ruzalar bilan chiqish qilmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi topshirig‘iga binoan bir qancha viloyatlar Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Xorazm viloyatlari, tuman va xo‘jaliklarida kartoshka, sabzavot, poliz, meva, uzum, no‘xat va g‘alla ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularning navlarini tanlash, ayniqsa kafedrada yaratilgan navlarni, ularni o‘stirish texnologiyalarini joriy yetish, zamonaviy urug‘chiligini tashkil yetish, xavfli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, yertagi va urug‘lik hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib olish, saqlash masalalari bo‘yicha ishlab chiqarish rahbar, mutaxassis va fermerlarga bevosita uchrashuvlar, matbuot, radio televideniyelar orqali amaliy yordam berdilar. Samarqand viloyat radiosi orqali sabzavot, meva, uzum va kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi aholiga doimiy ravishda ish mavsumiga qarab maslahatlar berildi. 
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN MA’NAVIY- MA’RIFIY IS’HLARI.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Agronomiya fakulteti dekanati tomonidan tavsiya qilingan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha fakultetning Meva-sabzavotchilik va uzumchilik va Kasb ta`limi ta`lim yonalishi talabalariga rahbarlikni amalga oshirmoqda. O‘quv yili boshida har qaysi gurux raxbari o‘quv yili davomida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tuzadi va shu reja asosida ish olib boriladi. Kursga rahbarlik dosent S.T.Sanaev, guruxlarga raxbarlik dosentlar B.Xolmirzaev, M.Komilova, Ye.I.Hamdamova, assistentlar X.Amirov, M.M.Djumayev, B.S.Mamatov, X.Norbekov, Z.Tojiboevalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kurs va guruh rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan barcha farmon va qonunlarni o‘rganib, ularni talabalarga yetkazib turadi. Respublikamiz hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy voqyealarni o‘rganib guruxlarda ishlab chiqadi. Bulardan tashqari talabalar bilan muxim sanalar Mustaqillik kuni, Konstitusiya kuni, Navro‘z bayrami, 8 mart xotin-qizlar bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlari birga nishonlanadi. Talabalarimiz bir necha marta taniqli olimlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari, san’at va adabiyot arboblari, oliy o‘quv yurtlarining tajribali professor-o‘qituvchilari bilan uchrashadilar.
Talabalar bilan Samarqand shahrining tarixiy obidalariga, Imom Al-Buxoriy ziyoratgoxiga va shahrimizning tarixiy yodgorliklariga borish tashkil qilingan.
Ayniqsa, 2018-yilni Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va ularni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan hukumatimiz va institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan tuzilgan dastur o‘rganildi, yilning maqsad va vazifalari barcha kurs va guruh talabalariga yetkazib borildi.