HAYVONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri

Yaxyaev Baxtiyor Sadullaevich

  • Qabul vaqti: Zooijeneriya fakulteti binosi, 450-xona
  • Telefon: 998-93-301-08-09 Fax: 99866-234-07-86
  • Elektron pochta: ybs72@mail.ru

Millati: o‘zbek
Ma’lumoti: Oliy, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini Zooinjener-qorako‘lshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, (1995);
Samarqand qishloq xo‘jalik instituti kunduzgi bo‘lim aspiranturasi (1995-1998).
Mehnat faoliyati: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Qishloq xo‘jalik havonlarini oziqlantirish” kafedrasi assistenti (1998-2007);
Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan urinbosari (2009-2011); 
Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “YAylov chorvachiligi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti (2011);
Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “YAylov chorvachiligi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi mudiri (2012);
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ilmiy darajasi: qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: dotsent
Pedagogik staji: 18 yil
O‘qitadigan fan: Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi
YUtuqlar:2015 yilda “Eng yaxshi darslik va o‘quv adabiyoti yozgan o‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha Diplom bilan taqdirlangan.
2016 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika    tanlovining “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha 1-bosqichida II-o‘rinni egallagan
2016 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Sinszyan fan va texnika departamenti va Sinszyan chorvachilik fanlari akademiyasining taklifi“SHanxay xamkorlik tashkiloti davlatlari doirasida chorvachilikda innovatsion texnologiyalarni mutaxassislar uchun o‘quv kurslari” va “Zamonaviy chorvachilikni rivojlantirish va halqaro xamkorlik” mavzulariga bag‘ishlan seminarlarda ishtirok etdi.
Ilmiy ishlari: jami 60 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shu jumladan 1 ta darslik, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta uslubiy ko‘rsatma, 1 ta ilmiy tavsiyanoma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar.
Oilaviy ahvoli:  Oilali, 3 nafar farzandi bor.