DEHQONCHILIK VA MELIORASIYA KAFEDRASI

Dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi mudiri

Mo’minov Komil Mo’minovich

  • Qabul vaqti: Dushanbadan jumagacha, har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha, Bosh bino, 97 xona.
  • Telefon: +99890 504-11-48
  • Elektron pochta: K.muminov1951@mail.ru


Mo’minov Komil Mo’minovich 1951 yilda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida tavallud topgan.
Millati: O’zbek.
Ma’lumoti: Oliy, Samarqand Davlat universitetini “Biologiya” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan; (1972).
Mehnat foliyati: 
Samarqand davlat universiteti talabasi; (1967-1972).
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti tuproq eroziyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, aspiranti; (1972-1978).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agrokimyo va dehqonchilik kafedrasi kichik ilmiy xodimi, tajriba dalasi mudiri; (1978-1984).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agrokimyo kafedrasi assistenti; (1984-1992).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agrokimyo kafedrasi dosenti; (1992-1994).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti doktoranti; (1994-1996).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi dosenti; (1997-1998).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakulteti dekani; (1998-2005).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti dehqonchilik va meliorasiya asoslari kafedrasi professori; (2005-2012).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti dehqonchilik va meliorasiya asoslari kafedrasi mudiri; (2012-2015).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti o’simlikshunoslik va dehqonchilik kafedrasi mudiri; (2015-2017).
Samarqand qishloq xo’jalik instituti dehqonchilik madaniyati va meliorasiya asoslari kafedrasi mudiri; (2017-2018).
Samarqand veterinariya medisinasi institutida dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ilmiy darajasi: Fan doktori
Ilmiy unvoni: Professor
Ish staji:  50 yil
Pedagogik staji: 40 yil
O’qitiladigan fanlari: Dehqonchilik va ilmiy izlanish asoslari, mintaqaviy dehqonchilik tizimlari, sug’oriladigan dehqonchilik va meliorasiya
Yutuqlari: O’zR xalq ta’limi a’lochisi ko’krak nishoni (2001),O’zR mustaqilligining 15, 20, 25 yilligi ko’krak nishonlari
Ilmiy ishlari:
1.    2014 yilda. O’zbekiston qishloq xo’jaligi va agroilm jurnallarida 6 ta, O’zbekiston biologiya jurnalida 1 ta, “Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan” o’quv qo’llanma.
2.    2015 yilda.  O’zbekiston qishloq xo’jaligi va agroilm jurnallarida 5 ta, O’zbekiston agrar fani xabarnomasida 1 ta. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences.-Austria. Vienna.-N 3-4 march-april. 2015.-P.39-42.
3.    2016 yilda. “Abstracts”,-7 th international crop science congress.- August 14-19. 2016.-Beijing, China.-P.257. O’zbekiston qishloq xo’jaligi va agroilm jurnallarida 5 ta, O’zMU xabarlari jurnalida 1 ta, Eroziyaga uchragan bo’z tuproqlar unumdorligi va kuzgi bug’doy hosildorligini oshirish omillari. (Monografiya).
4.    2017 yilda. Aktualnыye problemы sovremennoy nauki. – Moskva. – 2017. № 5 (96). – S. 82-85, O’zbekiston qishloq xo’jaligi va agroilm jurnallarida 4 ta, O’zMU xabarlari jurnalida 1 ta,
5.    2018 yilda. O’zbekiston qishloq xo’jaligi va agroilm jurnallarida 3 ta ilmiy maqolalar chop ettirilgan.
Ilmiy rahbarligi: 100 dan ortiq bakalavrga, 12 ta magistrga, 5 ta fan nomzodiga, 4 ta fan doktoriga ilmiy rahbarlik qilgan.
Oilaviy ahvoli: Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi
Kafedrani 2018 yil avgust oyidan boshlab Mo’minov Komil Mo’minovich 1 shtat birligida boshqarib kelmoqda. Shuningdek kafedrada quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Oripov Razzoq- kafedra professori, q.x.f.doktori
Berdiqulov Shavkat Abdullayevich - kafedra dosenti, q.x.f.nomzodi
Bobomirzayev Pirnazar Xursandovich - kafedra dosenti, q.x.f.doktori
Sanaqulov Akmal Lapasovich- kafedra dosenti, q.x.f.doktori
Rizayev Shuxrat Xudoyberdiyevich - kafedra dosenti, q.x.f.doktori
Jumayev Shuxrat Maxsadovich – kafedra katta o’qituvchisi
Jumaboyev Sa’dulla Nazarovich – kafedra assistenti, q.x.f.nomzodi
Uzoqov Erkin Panjiyevich - kafedra assistenti, q.x.f.nomzodi
Bo’riyev Abduvaxob Abdirazzoqovich - kafedra assistenti
Pardayev Sindor Berdiyorovich - kafedra assistenti
Abdumalikov Jasurbek Qo’chqorovich - kafedra assistenti
Bozorov Kamoliddin Sheraliyevich - kafedra assistenti
Quvvatov Farid Tolipovich - kafedra assistenti
Nurbayev Saxobiddin Aliqulovich - kafedra assistenti
Sharifov Kamoliddin Faxridinovich - kafedra assistenti
Suvanov Farxod Qudratovich - kafedra assistenti
Xalilova Feruza Shavqidinovna - kafedra assistenti
Maxsudova Muqaddas Ilxomovna - kafedra assistenti
Djo’rayev Akbar Mominjonovich - kafedra assistenti
Xamroqulova Xulkar Baxodirovna - kafedra assistenti
Isoqova E’zozxon Zokirovna - kafedra assistenti
Rustamov Adxamjon Abdixoshim o’g’li - kafedra assistenti 

Samarqand veterinariya medisinasi instituti 
“Dehqonchilik va meliorasiya” kafedrasi 
NIZOMI
Asosiy qoidalar.
  Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225 modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295 modda)  qonunlariga, “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizomga hamda “Oliy ta’lim muassasining kafedralari to’g’risida namunaviy NIZOM” (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirligining  2011 yil “3” dekabr №487-sonli buyrug’iga ilova) va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2017 yil 7 avgustdagi 220-sonli buyrug’iga muvofiq CamVMI «Dehqonchilik va meliorasiya» kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 
I.    Umumiy qoidalar
1.Ushbu Nizom SamVMI «Dehqonchilik va meliorasiya» kafedrasi faoliyati uchun amaliy  xususiyatga ega.  
Kafedra SamVMI (yoki Agronomiya fakulteti)ning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar: dehqonchilik va ilmiy izlanish asoslari, meliorasiya va yer tuzish, paxtachilik, umumiy dehqonchilik, o’simlikshunoslik va paxtachilik, g’o’za yetishtirishda innovasion texnologiyalar kabi qator fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2.Kafedra tarkibiga pedagog xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dosent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistent), o’qituvchi-stajerlardan tashqari stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, shuningdek laboratoriya mudiri va o’quv-yordamchi xodim-laborantlar kiradi.
3. SamVMI «Dehqonchilik va meliorasiya» kafedrasining professor-o’qituvchilari “Ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
4.Kafedra o’quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o’quv va ilmiy laboratoriyalarga (kompyuter sinflariga), kabinetlarga, markazlarga va boshqa bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin.
5.Kafedra kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida va “SamVMI qoshidagi 1-2 son akademik liseylar va qishloq xo’jalik yo’nalishidagi  kasb-hunar kollejlari bilan o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hamkorlik shartnomasi” asosida   tashkil etiladi.

II.    Kafedrani tashkil etish va boshqarish
6. Kafedra, kamida yettita o’qituvchi mavjud bulib, ularning biri, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga va kamida ikkita fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo’lganda tashkil etiladi. Bundan istisno holatlar bo’yicha kafedralarni tashkil etish bo’ysunishiga ko’ra tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
7.    Kafedra bevosita SamVMI rektori (o’quv ishlari bo’yicha  prorektor)ga va fakultet dekaniga  bo’ysunadi.
8.    Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim SamVMI rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9.    Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek  professor  yoki dosent ilmiy  unvoniga ega bo’lgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan o’tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari
10.    Kafedra mudirining shaxsiy rejasi SamVMI rektori yoki o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
11.    Kafedra mudiri:
•    oliy ta’lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
•    kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari   hamda   kafedra   faoliyati  doirasidagi   boshqa   hujjatlarni tasdiqlaydi;
•    kafedra pedagog xodimlariga o’quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedraga ishga olish, ishdan  bo’shatish va xodimlarni  yangi vazifalarga  tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
•    oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo’linmalaridan o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;
•    belgilangan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish
12.Kafedra faoliyati o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi   kafedra   mudiri   raisligida   o’tkaziladigan   majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
13. Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
•    rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga  javob   beruvchi yuqori   malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
-kafedra yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlari,   o’quv  rejalari   va  dasturlarini  rivojlangan  xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
-kafedra  fanlari  bo’yicha  o’quv  dasturlarni  ishlab  chiqish  va
belgilangan tartibda tasdiqqa takdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
•    darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
•    o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan   o’quv   rejalaridagi   fanlar   bo’yicha   belgilangan   mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
-talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv  malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga,  shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
-talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;
•    iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Iste’dod" jamg’armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo’yicha choralar ko’rish;
•    talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
-tasdiqlangan rejaga muvofiq  ilmiy-tadkiqot ishlarini  olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;
-kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy,   ilmiy-tadqiqot,   ma’naviy-ma’rifiy    va   tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish, tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish   va  ilg’or  tajribalarini  ommalashtirishga  qaratilgan ishlarni tashkil etish;
-zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy  etish,   pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o’quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;
-ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
•    byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo’jaliklar bilan aloha o’rnatish;
•    oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
•    kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazish, ta’lim xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish;
•    xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
•    talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar  va  ixtisosliklar,  kasb-hunar  turlari  bo’yicha to’garaklar tashkil kilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
•    kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli  o’tkazilishini  ta’minlash,  hamda   kafedra  laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
•    institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak:
-o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
•    talabalarda vatanparvarlik, o’z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga,   xalq   merosiga   va   umuminsoniy   kadriyatlarga   hurmatni shakllantirish bo’yicha «Ma’naviyat» markazlari, talabalar turar joylarida o’tkaziladigan tadbirlar rejalari;
•    kafedra fanlari bo’yicha amaldagi me’yoriy, o’quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
-anketa ma’lumotlariga ega bo’lgan kafedra tarkibining ro’yxati
(katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari,  rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak);
-majlislar bayonnomalari.