VETERINARIYA PROFILAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekani

Niyozov Xakim Bakoyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha
  • Telefon: +99891 548-60-55
  • Elektron pochta: samvmi@edu.uz

Niyozov Xakim Bakoyevich  10.06.1960 yil   Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tavallud topgan.
Millati: o’zbek
Ma’lumoti: Oliy, 1984 y. Samarqand  qishloq xo’jalik instituti Veterinariya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Buxoro viloyati Shofirkon tumani veterinariya stansiyasida veterinariya vrachi 1984-1986 yillar, O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti 1986-1989 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Jarrohlik» kafedrasi assistenti  1989-1996 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Jarrohlik» kafedrasi dosenti  1997-1999 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik instituti rektor yordamchisi 1999-2000 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik instituti veterinariya fakulteti o’quv ishlari   bo’yicha dekan muovini  2000-2004 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi  va farmakologiya»  kafedrasi katta o’qituvchisi  2004-2008 yillar,  Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi,  jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi dosenti 2008-2012 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik institutining «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi mudiri 2012-2015 yillar, Samarqand qishloq xo’jalik institutining veterinariya, zootexniya va korakulchilik fakulteti dekani 2015 y. Hozirgi kunda Samarqand veterinariya medisinasi instituti Veterinariya profilaktikasi davolash  fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ilmiy darajasi: Veterinariya fanlari doktori
Ilmiy unvoni: dosent 
Ish staji: 34 yil
Pedagogik staji: 29 yil
O’qitadigan fanlari: Operativ xirurgiya, Umumiy va xususiy xirurgiya, Trening va ot kasalliklari
Yutuqlari: 
Ilmiy ishlari: 
1. Niyozov H.B.  Qishloq xo’jalik hayvonlarida barmoq kasalliklari. // Monografiya. – Samarqand. 2017.- B.154. 
2. Niyozov H.B., Eshquvatov X., Raximov D., Sharopov M. Xorijdan keltirilgan maxsuldor qoramollarda barmoq bo’g’imi va tuyoq kasalliklari, ularning etiopatogenizi va klinik belgilari. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2012. - № 5-6. -B.16-18 (16.00.00; №4).
3. Niyozov H.B., Davlatov N.Sh., Jurayev D. Analiz zabolevayemosti i klinicheskogo proyavleniya asepticheskix bolezney sustavov u loshadey. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2012. - № 11. -B.15-17 (16.00.00; №4).
4. Niyozov H.B., Davlatov N.Sh., Jurayev D. Otlar oyoqlari distal bo’g’imlarida surunkali aseptik yallig’lanishlar va ularni davolash. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2012. - № 4. -B.14-16 (16.00.00; №4).
5. Niyozov H.B., Jurayev D., Yuldosheva M. Sport otlarida bo’g’imlarning yiringsiz yallig’lanishlari va ularning etiopatogenezi. // O’zbekiston qishloq xo’jalik jurnalining Agro ilm ilmiy ilovasi. – Toshkent. 2012. -№2. - B. 46-48. (16.00.00; №1).
6. Niyozov H.B., Jurayev D., Fayziyev U. Otlarning bo’g’im kasalliklarini davolash. // O’zbekiston qishloq xo’jaligi. – Toshkent. 2012. -  №9.- B. 35-38. (16.00.00.№3).
7. Niyozov H.B., Boboyeva Sh. Quyonlar organizmiga kichik chastotali neon-geliy lazer va ultrabinafsha nurlarining ta’siri. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2013. - №4.- B.13-16. (16.00.00; №4).
8. Mullajonov R.M., Niyozov H.B. Qorako’l qo’ylarida surunkali yiringli yallig’lanishlarini etiopatogenetik davolash. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2013. - №7. -B.12-14. (16.00.00; №4).
9. Niyozov H.B., Jurayev D. Nekotorыye osobennosti etiopatogeneza gnoynыx artritov u sportivnыx loshadey. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2013. - №1. -B.18-20. (16.00.00; №4).
10.  Niyozov H., Dilmurodov N., Davlatov N. Treatment of aseptic diseases of limb distal part joints in Uzbek sport horses. “Journal of Microbiology, Biotechnology and Food Sciences”, №12. 2016. P.478-481. Nitra. (Jurnal impact 0.29 INDEX COPER Nicus).  
11. Abdiyev S., Niyozov H.B. Qo’ylarda yiringli barmoq kasalliklarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar va ularning klinik belgilari. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2017. - №1. -B.31-34. (16.00.00; №4).
12. Niyozov X.B. Qoramol oyoqlarining destal bo’g’imlarida surunkali aseptik yallig’lanishlar va ularni davolash. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2017. - №2. -B.19-22. (16.00.00; №4).
13. Niyozov H.B. Qoramollar organizmiga neon-geliy lazer nuri bilan ishlangan autoqonning biologik ta’siri. // Zooveterinariya. – Toshkent, 2017. - №3. -B.18-20. (16.00.00; №4).
14. Niyozov H.B. Qoramollarda bo’g’imlarning aseptik yallig’lanishlari va ularning etiopotogeniyezi. // O’zbekiston qishloq xo’jalik jurnalining Agro ilm ilmiy ilovasi. – Toshkent. 2017. -№2. -B. 49-51. (16.00.00; №1).
II bo’lim (II chast; II part)
15. Niyozov H.B., Davlatov N.Sh., Xudoklinova Yu. Profilaktika xronicheskix asepticheskix bolezney sustavov kurupnogo rogatogo skota. // Problemы medisinы i biologii. – Samarkand. 1998. -S.3-5.
16. Niyozov H.B., Davlatov N.Sh. va boshqalar. Otlarda bo’g’imlarning aseptik yallig’lanishlarning etiopatogenezi, davolash va oldini olish bo’yicha tavsiyanoma. – Toshkent. 2012..28 b.
17. Niyozov H.B. Qoramollarda bo’g’imlarning surunkali aseptik yallig’lanishlarini davolash va oldini olish bo’yicha tavsiyanoma. – Toshkent 2017. 36.b.
18. NiyozovH.B., Zubaydov F.F. Otlarda bo’g’imning aseptik yallig’lanishlari da sinovial suyuqlikning sifat ko’rsatkichlari. «O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli». Ilmiy-amaliy konferensiya. - Samarqand 2007. -B.98-99.
19. Niyozov H.B., Qayumov D.H. Neon-geliy lazer va ultrabinafsha nurlari bilan ishlangan autoqonning sigirlar qonining morfologik ko’rsatkichlariga ta’siri. «Fizikaviy-kimyoviy biologiya va biotex-nologiyaning istiqbollari mavzusidagi». Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Xalqaro konferensiya. – Andijon. 2007. -B.162-163.
20. Niyozov H.B. Biologicheskoye deystviye na organizm laboratornыx jivotnыx auto-krovi i autokrovi obluchennoy neon-geliyevыmi lazernыmi i ultrafioletovыmi luchami. «Mejdunarodnыy nauchno-teoreticheskiy jurnal». Epizootologiya immunologiya farmakologiya sanitariya. – Minsk. 2008. №2. -S.31.
21. Niyozov H.B. Netradisionnыye metodы lecheniya gnoynыx bolezney sustavov konech-nostey krupnogo rogatogo skota. «Mejdunarodnыy nauchno-teoreticheskiy jurnal». Epizootologiya immunologiya farmakologiya sanitariya. – Minsk. 2008. -№2. -S.74-75.
22. Niyozov H.B.,  Davlatov N.Sh., Karimov M.G. Otlar oyoqlari distal bo’g’inlarida surunkali aseptik yallig’lanishlar va ularni zamonaviy usullarda davolash. Chorvachilik hamda veterinariya fani yutuqlari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. - Samarqand. 2010. -B.69-71.
23. Niyozov H.B., Fayziyev U. Sport otlarida bo’g’imlarning aseptik yallig’lanishlarida ular qonining biokimyoviy ko’rsatkichlari. «Fermer xo’jaliklarida muammolar yechimida talabalar» Ilmiy -tadqiqotlarining o’rni. – Samarqand. 2012. -B.94.
24. Niyozov H.B., Muxtarov  B.Z., Eshquvatov X.X., Qoramollarda tuyoq va barmoq kasalliklarining kelib chiqishida saqlash sharoitlarining o’rni «O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda qishloqxo’jalik fani yutuqlari va istiqbollari» Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi. – Samarqand. 2015. 20-21 noyabr. -B.119. 
25. Muxtorov B.Z., Isayev M., Niyozov H.B. Maxsuldor sigirlarda barmoq va tuyoq kasalliklarini etiolgiyasi va uchrash darajasi. «O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda qishloq xo’jalik fani yutuqlari va istiqbollari» Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi. – Samarqand. 2015. 20-21 noyabr. -B.161.
26. Niyozov H.B., Biological influence of autoblood on the organism of horses, irradiated with helium-neon laser rays. “The Way of Science international scientific journal”  № 10 (32), 2016 Vol. 1. P. 44-46 Volgograd (Global Impact Factor, Australia 0.543).
27. Niyozov H.B., Some peculiarities of etiopothogenesis of purulent arthritis of sports horses. Samarkand Agricultural Uzbekistan Kangwon National Unversity, Korea International conference on “Agriculture, regional innovation and International cooperation” 4-5 May. Samarkand. 2017. P.59-62.
28. Niyozov H.B. “Rekomendasii po lecheniyu i profilaktiki xronichesko-asepticheskix vospaleniy sustavov u krupnogo rogatogo skota” Sviditelstvo o deponirovanii obyektov intellektualnoy sobstvennosti. Reg. №3114. OOO «Asian intellectual property». (26.07.2017). 
29. Niyozov H.B. “Rekomendasii po lecheniyu i profilaktiki xronichesko-asepticheskix vospaleniy sustavov u loshadey” Sviditelstvo o deponirovanii obyektov intellektualnoy sobstvennosti. Reg. №3115. OOO «Asian intellectual property». (26.07.2017).
Ilmiy rahbarligi: 100 dan ortiq bakalavrlarga, 30 dan ziyod magistratura talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Oilaviy ahvoli: Oilali, 3 nafar farzandi bor.

FAKULTET HAQIDA

VETERINARIYA PROFILAKTIKASI VA DAVOLASH
FAKULTETI
Veterinariya fakulteti 1929 yilda tashkil etilgan, 2004 yilda zoomuxandislik va qorako’lchilik fakultetlarini birlashtirish asosida “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti” deb, 2018 yil O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M .Mirziyoyev tomonidan “Samarqand veterinariya medisinasi institutini” tashkil etish to’g’risidagi PQ-3703 qaroriga asosan fakultet nomi “Veterinariya profilaktikasi va davolash” fakulteti deb qayta nomlanib, Mustaqil Respublikamiz Davlat veterinariya xizmatining barcha sohalari uchun bakalavr va magistr darajasidagi veterinariya vrachlarini yetkazib beradigan  fakultet hisoblanadi. 
Xozirgi vaqtda fakultetda 5440100-Veterinariya, 5111000-Kasb ta’limi (Veterinariya), 5440100 Veterinariya medisinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari), 5440101 Veterinariya medisinasi (mayda shoxli mollar kasalliklari), 5440102 Veterinariya medisinasi (yilqi va tuya kasalliklari),  5440103 Veterinariya medisinasi (kinologiya va it kasalliklari), 5440104 Veterinariya medisinasi (parranda kasalliklari), 5440105 Veterinariya medisinasi (asalari kasalliklari) bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha, 5A440101- Hayvonlarga tashxis va davolash, 5A440102- Veterinariya jarrohligi, 5A440103- Veterinariya akusherligi va hayvonlarning ko’paytirish biotexnikasi, 5A440104- Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi, 5A440105-Kinologiya va it kasalliklari, 5A440102- Trening va ot kasalliklari, 5A440106- Baliq kasalliklari, 5A440107- Asalari kasalliklari, 5A440108- Parranda kasalliklari magistratura mutaxassisliklari bo’yicha magistrantlarni tayyorlaydi.
1. Xoliqov S.  – O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini
2. Isayev M.    – O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini
3. Abdullayev Sh.A.  - YoBIB dekan o’rinbosari
4. Yaxshiyeva N.        -  Ish yurituvchi  kotiba

Samarqand veterinariya medisinasi instituti 
“Veterinariya profilaktikasi va davolash”
 fakulteti to’g’risida nizomning Umumiy qoidalari
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi   PF-4456 sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 22 fevralda 1222-raqam bilan davlat ro’yxatiga olingan “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizom, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 16 martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2841-sonli, 2017 yil 1 iyundagi “O’zbekiston Republikasi Davlat veterinariya qo’mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3026-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli, 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3703-sonli qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 5 dekabrdagi 487-sonlibuyrug’ining 4-ilovasi – “Oliy ta’lim muassasasining Ilmiy Kengashi to’g’risida”gi namunaviy Nizomga asosan fakultet Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I.Umumiy qoidalar
Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti (bundan keyin fakultet) - Samarqand veterinariya medisinasi instituti (bundan keyin institut)ning o’quv-ilmiy va ma’muriy tarmog’i hisoblanib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq 5440101 -(yirik shoxli mollar kasalliklari), 5440102 -(mayda shoxli mollar kasalliklari), 5440103-(yilqi va tuya kasalliklari), 5440104-(kinologiya va it kasalliklari), 5440105-(parranda kasalliklari), 5440106-(baliq kasalliklari), 5440107-(asalari kasalliklari), 5440100-Veterinariya, 5111000-Kasb ta’limi (5440100-veterinariya) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va 5A440104-Veterinariya akusherligi va hayvonlarni ko’paytirish biotexnikasi, 5A440106-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi, 5A440109-Kinologiya va it kasalliklari, 5A440110-Trening va ot kasalliklari, 5A440112-Baliq kasalliklari, 5A440113-Asalari kasalliklari, 5A440114-Parranda kasalliklari, 5A440101-Hayvonlarga tashxis qo’yish va davolash, 5A440102-Veterinariya jarrohligi, mutaxassisliklari bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo’naltiriladi.
1.2. Fakultet o’z tarkibiga quyidagi kafedralarni birlashtiradi: “Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik” kafedrasi, “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari ” kafedrasi, “Veterinariya jarrohligi” kafedrasi xamda “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedralari shuningdek fakultet tarkibiga “Hayvonlar anatomiyasi muzeyi ” kiradi.
1.3. Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ham ta’limni tashkil etishi mumkin.
1.4. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgiva ajralmagan (sirtqi) ta’lim shaklida amalga oshiradi.
1.5. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o’quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo’limlar tashkil etilishi mumkin.
II. Fakultetni tashkil etish va boshqarish.
2.1. Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti institut Ilmiy kengashining tavsiyasi asosida OO’MTV bilan kelishilgan holda rektorning buyrug’i bilan tashkil etiladi.
2.2 Fakultet ishiga raxbarlikni fakultet dekani amalga oshiradi. Fakultet dekani, OO’MTV bilan kelishilgan xolda institut rektori tomonidan fan doktori, professor, dosentlar yoki fan nomzodi safidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Dekan lavozimi mustaqil shtat lavozimi hisoblanadi va uni o’rindoshlik tartibda egallashga ruxsat etilmaydi.
2.3 Fakultet dekani va uning muovini shtatlari O’zbekiston Recpublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari”ga muvofiq joriy etiladi (O’zR QXT 2011 yil, 3-son, 25-modda, O’zR Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 14 yanvarda 2182-son bilan ro’yxatga  olingan).
2.4. Dekan muovinlari, aksariyat xollarda, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lgan shaxslar safidan, fakultet dekanining tavsiyasiga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarining rektori tomonidan tayinlanadi.
2.5. Nizom bo’yicha fakultet dekani oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi va qabul komissiyasining a’zosi, shuningdek Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisining muovini hisoblanadi.
2.6. Fakultet dekani har yili oliy ta’lim muassasasi ilmiy Kengashida o’tgan o’quv yilida amalga oshirilgan o’quv, ilmiy va ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha hisobot beradi hamda fakultet faoliyatining natijalari bo’yicha to’la ma’suliyatni o’ziga oladi.
2.7. Fakultet faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun dekan raisligida fakultetning Kengashi tashkil etiladi.
III. Fakultet dekanining vazifalari
Fakultet dekani:
- fakultetda o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy -uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqarishni tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o’qitishni amalga oshiradi;
- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- o’quv-tarbiyaviy jarayon xamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustida nazoratni amalga oshiradi;
- o’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzishga raxbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun ma’sul xisoblanadi;
- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni kursdan kursga o’tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestasiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to’g’risidagi buyruq loyixalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo’lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo’limi bilan kelishgan holda amalga oshiradi;
- talabalar ilmiy - ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy - tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatadi, ularning ilmiy - ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy- texnikaviy shart - sharoitlar yaratadi;
- iqtidorli talabalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg’armalari fanlari bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda  ishtirok etishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni tashkil etadi;
- Doktarantura (Phd, DSc)va mustaqil- izlanuvchi institutlari orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi, professor-o’qituvchllar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o’rnak ko’rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
- fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini  o’rganish va kompyuter savodxonligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o’tkaziladigan ko’rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig’ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan xamkorlikda korxona  muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo’lgan extiyojini o’rganadi, fakultetni tamomlaganlar bilan aloqa o’rnatadi, ularniig amaliy ishlari sifatini taxlil qiladi;
- pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o’zaro almashishi maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatadi;
- ta’lim xizmatlarini tashkil etadi va amalga oshirishga javob beradi, byudjetdan tashqari mablag’larni topish va ulardan o’quv maksadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultet ixtisosligi bo’yicha xalq xo’jaligida band bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etadi;
- ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti-istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarni zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirada;
- ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri bo’lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko’radi;
- ta’limni rivojlantirish bo’yicha ustivor ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
- talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda foydali mehnat bilan shug’ullanishlarini ta’minlashga yo’naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo’shilib qolishlarining oldini oladi;
- talabalar orasida o’quv intizomini yaxshilash, ular faolligini  oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalar orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o’zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg’ularini shakllantiradi;
- o’quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet Kengashi qoshidagi ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etadi.