Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich 1969 yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan.
Millati: O’zbek.
Ma’lumoti: Oliy, Samarqand qishloq xo‘jalik institutini “Agronomiya” fakultetini (1991), shu institutda aspiranturani (1994) tamomlagan, 1998 yilda nomzodlik, 2017 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mehnat faoliyati:
O‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy xodim (1995), assistenti (1996), dotsent (2002), institut o‘quv-metodika bo‘limi boshlig‘i (2002-2004), Agronomiya fakulteti dekani muovini (2005-2008), instituti o‘quv metodika bo‘limi boshlig‘i (2008-2012), institut o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor (2012-2018), Biotexnologiya, chorvachilik va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti dekani (2018 yil 9 iyuldan hozirgacha).
Ilmiy darajasi: Fan doktori
Ilmiy unvoni: dotsent
Ish staji: 27 yil
Pedagogik staji:22 yil
O’qitadigan fanlari: Biotexnologiya
Yutuqlari: Oliy ta’lim o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro loyihalar doirasida (Gruziya, 2009, Chexiya, Praga, 2016, AQSH ta’lim departamenti,2018) malaka oshirgan.
Ilmiy ishlari:
1. O‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik sohasida 114 maqola, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tavsiyanoma chop etgan. Topinamburning “ E’tirof” navini yaratgan.1998 yilda “Kartoshkaning duragay populyatsiyalari hosildorligining urug‘ ko‘chat qalinligiga bog‘liqligi” mavzusida nomzodlik, 2017 yilda “Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan
Oilaviy ahvoli: Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mazkur fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8- maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ-3703 sonli qarori bilan yangidan tashkil etilgan.
Fakultet qoshida 3 ta kafedra:
-Biotexnologiya;
-Chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini qayta ishlash;
-O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.
Fakultetda 6 ta fan doktorlari, professorlar, 10 ta fan nomzodlari (2tasi Phd) 20 dan ortiq assistent o‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlar (mutaxassisliklarga) ta’lim berib kelishmoqda
1. 5320500-Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi;
2. 5410200- Agronomiya (em-xashak ekinlari) bo‘yicha;
3. 5411300- O‘simlikshunoslik (yaylov-cho‘l o‘simlikshunosligi);
4. 5411400- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
Fakultet qoshida “Biotexnologiya”, “Chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” o‘quv-ilmiy hamda “Immunobiotexnologiya” ilmiy laboratoriya tashkil etish 2018-2019 o‘quv yiliga rejalashtirilgan.
Fakultetda chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan ozuqa ekinlarini yetishtirish, saqlash, dastlabki ishlash, ozuqa qo‘shilmalar sifatida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish, ularni chorvachilik mahsuldorligini oshirishdagi o‘rni, veterinariyada kasallik va zararkunandalar tarqalishi oldini olishda zaharli va zararli o‘simliklar, veterinariya farmatsiyasi uchun dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.