AGRONOMIYA FAKULTETI

Fakultet dekani

Normurodov Davlat Sayibnazarovich

  • Qabul vaqti: Dushanbadan jumagacha, har ish kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha xodimlar soat 15:00 dan 17:00 gacha talabalar, Bosh bino, 29-xona.
  • Telefon: Telefon :+99893356-02-72 Faks:+99866 234-45-06
  • Elektron pochta:

Normurodov Davlat Sayibnazarovich 1973 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 
Millati: O‘zbek
Ma’lumoti: Oliy, Samarkand qishloq xo‘jalik institutini “Agronomiya” fakultetini (1995), shu institutda aspiranturani (1999) tamomlagan, 2005 yilda nomzodlik, 2017 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.
Mehnat faoliyati:
1990-1991 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tayyorlov bo‘limi tinglovchisi
1991-1995 yy .- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti talabasi
1996-1999 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti
1996-1998 yy. - Samarqand viloyati Katta turk shirkat xo‘jaligi uchastka agronomi
1998-1999 yy. - Samarqand viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi  agrosanoat kompleksi bosh mutaxassisi
1999-2001 yy. - Chelak tuman o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi bo‘lim mudiri
2001-2008 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti O‘simlikshunoslik kafedrasi assistenti
2008-2010 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti O‘simlikshunoslik kafedrasi dosenti 
2010-2013 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti O‘simlikshunoslik kafedrasi mudiri
2013 y. - h.v.  - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti dekani 
Ilmiy darajasi: Fan doktori
Ilmiy univoni: dosent
Ish staji: 27 yil
Pedagogik staji:21 yil
O‘qitadigan fanlari: O‘simlikshunoslik, Donchilik, Yem-xashak yetishtirish 
Yutuqlari: Oliy ta’lim o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha halqaro loyihalar doirasida (JICA Zamonaviy olma yetishtirish texnologiyasini qo‘llash orqali O‘zbekistonda femerlar daromadlari oshirish  2016,) malaka oshirgan.
Ilmiy ishlari:
1. O‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik, dala ekinlari yetishtirish texnologiyasi sohasida 86 maqola, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tavsiyanoma chop etgan, “Virussiz kartoshka urug‘chiligining agrobiologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan 
Oilaviy ahvoli: Oilali, 3 nafar farzandi bor.

FAKULTET HAQIDA

Agronomiya fakulteti 1929 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tashkil topishi bilan ochilgan fakultetlardan hisoblanadi. Dastlab fakultetda «G‘allachilik agronomlari», «Sholichilik agronomlari», «Mevachilik agronomlari» tayyorlangan. 
Professorlar X.N.Kleyn, A.P.Zaikanov, N.S.Lesov, M.M.Siyazov, M.N.Kosobuskiy, N.A.Merkulovich, K.P.Danilevskiy, N.Stolыpin, L.G.Momat, L.N.Gorev, M.B.Muxamedjanov, D.K.Saidov, D.M.Kuguchkov, L.D.Nagibin, A.V.Trushkin, X.X.Xamdamov, N.A.Kuznesova, K.N.Savich, L.X.Gorenberg, M.G.Seytlin, Ch.N.Toxtamishev, I.I.Boboxodjayev, T.S.Safarov, L.T.Tashmatov, N.K.Kazimirskiy, V.A.Lebedev, S.B.Bekmuradov, P.Uzokov, O.Saidmurodov, F.X.Xoshimov, Sh.T.Xoliqulov, T.E.Ostonakulov, R.Oripov, D.Yormatova, N.Xalilov K.Muminov, M.Xayitovlar fakultetda hamda institutda turli lavozimlarda ishlab, institut rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishgan.
O‘tgan yillar davomida fakultetda jami 19 mingga yaqin olim–agronomlar va bakalavrlar, 90 nafardan ortiq magistrlar tayyorlangan; 6 ta fan doktorlari, akademiklar, 46 ta fan doktorlari professorlar, 190 dan ortiq fan nomzodlari, dosentlar, 15 ta O‘zbekiston Qahramoni va 10 dan ortiq Davlat arboblari yetishib chiqqan. Hozirda fakultetda mutaxassislar tayyorlashda 10 nafar fan doktorlari, professorlar, 13 nafar fan nomzodlari dosentlar, 3 nafar katta o‘qituvchilar, 61 nafar assistentlar va 10 nafar texnik xizmatchilar qatnashmoqda.
Hozirda fakultetda 5 ta ta’lim yo‘nalishlari Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, O‘simliklar himoyasi va karantini, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Kasb ta’limi (Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari bo‘yicha)) bakalavrlari 2 ta mutaxassisliklar Agrokimyo, Paxtachilik bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.
Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:
- Agrokimyo, tuproqshunoslik, o‘simliklar himoyasi va karantini;
- Dehqonchilik va meliorasiya;
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedralari faoliyat ko‘rsatadi. 
Fakultetda 5 ta fan doktorlari, professorlar, 3 ta fan nomzodlari (1 tasi Phd) 31 dan ortiq assistent o‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlar (mutaxassisliklarga) ta’lim berib kelishmoqda 
1.    5410200- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha);
2.    5410100- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik;
3.    5410300- O‘simliklar himoyasi va karantini;
4.    5411000- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik;
5.    5111000- Kasb ta’limi (Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari bo‘yicha))
Fakultetda O‘simlikshunoslik, donli ekinlar, yem-xashak, takroriy ekinlar yetishtirish, O‘simliklarning kasallik va zararkunandalar tarqalishi oldini olish, zararli va zaharli o‘simliklar, dorivor o‘simliklar yetishtirish, resurs tejamkor texnologiyalar asosida dala ekinlari yetishtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.