NEWS

Veterinar yurist bo'lishi mumkin. Lekin yurist veterinar bo'lolmaydi.Yoxud magistratura qabulida nima gaplar?

img

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qarorining 2-(d)-bandida belgilangan tartibga asosan 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Unda barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”, “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”, “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)” “Veterinariya” ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega, deyilgan. Bundan ko'rinib turibdiki Veterinariya ta'lim yo'nalishi mutaxassisliklariga faqat shu soha bo'yicha bakalavriatni bitirganlar xujjat topshira oladi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida quyidagi magistratura ta'lim yo'nalishlari mavjud.

Institut qabul komissiyasi xabariga ko'ra, ushbu ro'yxat bo'yicha quyidagi:

5A440104 Veterinariya akusherligi va hayvonlarning ko‘paytirish biotexnikasi

5A440106 Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi

5A440109 Kinologiya va it kasalliklari

5A440110 Trening va ot kasalliklari

5A440111 Hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi

5A440112 Baliq kasalliklari

5A440113 Asalari kasalliklari

5A440114 Parranda kasalliklari

Favqulotda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat sog‘lig‘ini saqlash magistratura mutaxassisliklariga (yangi yo'nalish)

Veterinariya va Kasb ta'limi (Veterinariya) mutaxassisligi bo'yicha bakalavriatni bitirganlar xujjat topshira oladi.

5A410602 Qorako‘l qo‘ylari selektsiyasi

5A410607 Zoopsixologiya va naslchilik

5A410608 Zoo-genetik-injiniring

5A410609 Selektsiya va bio-nanotexnologiyalar

magistratura mutaxassisliklariga esa Zootexniya va Kasb ta'limi (Zootexniya) mutaxassisligi bo'yicha bakalavriatni bitirganlar xujjat topshira oladi.

Shuningdek 5A411401 Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi yo'nalishiga ham faqat shu soha bo'yicha bakalavriatni bitirganlar xujjat topshira oladi.

Veterinar yurist bo'lishi mumkin. Lekin Yurist veterinar bo'lolmaydi.

E'tibor bering!!! Ushbu ta'lim yo'nalishlariga faqat kirish cheklovi bor, lekin chiqish cheklanmagan. Ya'ni veterinariya yoki zootexniya bo'yicha bakalavriatni bitirganlar xohlasa yurispridensiya, jurnalistika, neft-gaz va shu kabi boshqa sohalar bo'yicha magistraturaga xujjat topshirishi mumkin. Lekin ushbu sohani bitirganlar veterinariyaga topshirolmaydi!!!

Qancha xujjat topshirildi?

Institut qabul komissiyasi ma'lumotiga ko'ra, shu kunga qadar magistraturaga tushgan arizalar va ularning ta'lim yo'nalishlariga nisbati quyidagicha:

Institut matbuot kotibi

Shaxzod Axmedov