NEWS

Davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun tanlov bo'lib o'tdi.

img

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida institut rektorining 2019 yil 1 iyuldagi 593-sonli buyrug’iga asosan shu yilning 16-17 iyul kunlari 2019-2020 o’quv yili uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Prezidenti stipendiyasiga, bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha esa nomli (Beruniy, Navoiy, Islom Karimov) davlat stipendiyalariga tanlovning birinchi bosqichi o’tkazildi.

Tanlovni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tuzildi. Komissiya a’zolari safiga soha prorektorlari, fakultet dekanlari, fakultetlararo kafedra mudirlari va o’qituvchilari, institut kasaba uyushmasi raisi va yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi  kiritildi. 

Tanlovning dastlabki kunida talabgorlarning O’zbekiston tarixi, chet tillari va qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari fanidan bilim darajasi sinovdan o’tkazidi.

Tanlovning ikkinchi kunida esa komissiya a’zolari tomonidan bevosita talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlari muhokama qilindi va yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qildilar.

Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Prezidenti stipendiyasiga, bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha esa nomli (Beruniy, Navoiy, Islom Karimov) davlat stipendiyalariga talabgorlar ro’yxati:

Raxmonov Davlatbek Ashir o‘g‘li - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, 203-guruh

Ortikov Temur Zafarovich - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, 309-guruh

Ochilova Nilufar Iskandar qizi – Zooinjineriya fakulteti, 305-guruh

Jumanazarov Orif Mahmatqul o‘g‘li - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, 308-guruh

Saloeva Go‘zal Sayfiddin qizi – Agronomiya fakulteti,  212-guruh

Baxriddinova Munavvar Farxod qizi - Agroiqtisodiyot va agroinjeneriya fakulteti, 301-guruh

Xolbekova Gulbeka Bolibekovna - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, 203-guruh

Ilyosov Zafar Ilyos o‘g‘li- Veterinariya akusherligi va hayvonlarni ko’paytirish biotexnikasi magistratura mutaxassisligi, I-bosqich

Ma’lumot o’rnida komissiya qarori oliy ta’lim muassasalari qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida tavsiyanomalar jo‘natishi uchun asos bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish muddati — 10 - 25 sentyabr. Stipendiyalar 1 sentyabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.

Institut matbuot kotibi

Shaxzod Axmedov