• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Dunyoni lol qoldirgan sarkarda  
Wednesday, 29 January 2020
Dunyoni lol qoldirgan sarkarda

Dunyoni lol qoldirgan sarkarda

“Kimki, o’zbek nomini, o’zbek millatining  kuch-qudratini,adolat parvarligini, cheksiz  imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini,shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini yodga olmog’i lozim”.
                                                                                                 Islom Karimov

          Demokratik  jamiyatning  xalqaro  miqyosda   e’tirof  etilgan  tamoillari  asosida  rivojlanish  va taraqqiy  etish  yo’lida  dadil  qadam  qo’yib, o’z   milliy davlatchiligini  qayta  tiklayotgan  kelajagi  buyuk  Mamlakatimiz  bu  borada  umumbashariy  taraqqiyotga  boshqa  xalqlar  erishgan  tajribalarga  ayniqsa  ijtimoiy  qadriatlarga  suyanmog’i  lozim. Yurtboshimiz  takidlaganlaridek,  “Bugun  bizning  oldimizda  shunday  tarixiy  imkoniyatlar  paydo  bo’ldiki, biz  bosib  o’tgan  yo’limizni  tanqidiy  baholab, Milliy  davlatchiligimiz  negizlarini  aniqlab, buyuk  mamlakatimiz  tomirlariga, qadimiy  merosimiz  ildizlariga  qaytib, o’tmishdagi  boy  an’analarni  yangi  jamiyat  qurilishiga  tadbiq  etmog’imiz  kerak”. O’zbek  xalqi  dovrug’ini  butun   dunyoga  taralishida  o’zining  betakror  dahosi  bilan  jahon  tafakkur  va  madaniyat  xazinasining  boyib,  takomillashib  borishiga  bebaho  ulush  qo’shgan  Imom Al-Buxoriy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Xo’ja  Ahmad  Yassaviy,  Xo’ja  Bahouddin  Naqshband,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Zahriddin Muhammad Bobur,  Boborahim  Mashrab,  Abdulla  Qodiriy  singari  atoqli  ajdodlarimizning  o’rni  va  ro’li beqiyosdir.Tavalludining  678  yilligi  ulkan  tantanalar  va  ko’tarinki  ruh  bilan  nishonlanishi  kutilayotgan:- XlV-asrning  o’rtalarida  siyosiy  maydonga  chiqib, Movorounahrda  bir  yarim  asr  davom  etgan  mo’g’ul  xonlari  zulmi  va  istibdodiga  barham  bergan,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  harbiy  jihatdan  kuchli  markazlashgan,  mustaqil  davlat  barpo  etishdek  oily  maqsadga  bor  kuch-g’ayratini,  bilimini,  istedodini,  qobiliyatini  bag’ishlagan,  o’z  g’oyalarining  ushalishi  yo’lida  Dashti  Qipchoq,  Xorazm,  Hindiston,  Eron,  Iroq,  Shom,  Kavkaz,  Kichik  Osiyo,  Misr kabi  mamlakatlar  va  yurtlarga  harbiy  yurishlar  qilgan,  davlat  arbobi,  buyuk  bobokalonimizning  hayoti  va  faoliyati  mana  bir  necha  yuz  yillardan  buyon  tarix  sahifalaridan  o’rin  olib  kelmoqda.Sohibqiron  Amir Temur-buyuk  shaxs: kuragi  yerga tegmagan sarkarda,yirik davlat arbobi, qonunshunos, notiq shu bilan birga,el-yurtini sevgan va uni mashhuri  jahon qilgan inson.U kishining  butun  faoliyati,ulkan davlatni barpo etishdagi ulug’ xizmatlari,Turon zamininig mudofaa qudratini oshirishdagi sa’y-harakatlari,uning o’gitlari-yu,”tuzuklari” bunga yaqqol misoldir. Uning  jahonshumul  obro’-e’tibor va shon-shuhrat qozonishida bosh omil hisoblangan jihat, ya’ni  sarkardalik  va bunyodkorlik  dahosi, harbiy  iste’dodi hamda  mahorati  jahon  harbiy  san’atiga  qo’shgan  ulkan hissasi borasida  ko’pdan-ko’p  fikr-mulohazalar ,e’tiroflar bildirilgan.Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning erta paydo bo’lishida otasi, amir Tarag’ayning katta ta’siri bor. Amir Temur qadimgi  zamon va o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan uch buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi.U jahon harbiy san’ati rivojlanishiga nihoyatda katta hissa qo’shdi.Agar Aleksandr Makedonskiy armiyasining  asosiy  qudratli  kuchini  piyoda  askarlari  tashkil qilgan bo’lsa,Chingizxon qo’shini asosan otliq  askarlardan  iborat  bo’lgan edi.Amir Temur qo’shinning har  ikkala  turiga  ham  katta  e’tibor  berdi  va janglar  vaqtida  vaziyatga  qarab  piyoda va otliq askarlarning  ustunlik tomonlaridan ustalik bilan foydalandi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha,otliq askarlar  Temur armiyasinig  zarbdor  qismi  hisoblangan, ular  og’ir  va  yengil  qurollar  bilan  qurollangan  suvoriy  guruhlarga  bo’lingan.Harbiy  yurishlarga jo’nash oldidan Sohibqiron arkoni davlat,vazirlar,sarkardalar,beklar,amirlarni  harbiy kengashga,mashvaratga  chorlagan  va  bu haqda  Temur tuzuklarida ham  keltirib o’tilgan ya’ni”Amirlarim agar yarashdan so’z ochsalar,buning  foydasini  urush ziyoniga solishtirib ko’rardim, agar urushga  moyil bo’lsalar,uning  naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim.Sipohni ikkilantiradigan kengashni eshitishdan  saqlanardim.Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib  gapirsa, suyib eshitar edim. Kimki oqilona  gaplarni erlarcha  keskinlik bilan so’zlasa,unga ham quloq solardim. Har kimdan so’z olib kengash so’rar edim.Lekin aytilgan har bir maslahatning  yaxshi  va yomon tomonlari  haqida  o’ylab  ko’rgach, to’g’ri va savoblirog’ini tanlab olar edim”.U harbiy  yurishlar paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Uning qo’shinining tuzilishi,harbiy yurishlar vaqtidagi qo’llagan taktika va strategiyasi,jang qilish usullari  hozirgi  kunda ham dunyodagi barcha, jumladan,yetakchi mamlakatlardagi harbiy bilim yurtlarda o’rganilmoqda  va o’qitilmoqda.Rus generali M.Ivanin o’zining “Ikki buyuk sarkarda” asarida Chingizxon  va  Amir Temur harbiy san’atiga baho berar ekan, Amir Temurning  bu sohada birmuncha ustun ekanligini alohida ta’kidlaydi.Fransuz tadqiqotchilari esa Sohibqiron  faoliyatini  Aleksandr Makedonskiy bilan taqqoslab,ular ham Temurning ustunlik tomonlarini alohida e’tirof etganlar. Amir Temur  janglarda  mardlik  va  qahramonlik  namunalarini  ko’rsatgan har qanday raqibini hurmat qilar, jangchilarini undan  o’rnak olishga undar edi. Sohibqiron hukmronligi yillarida harb ishi va harbiy san’at o’zining  oliy  pog’onasiga ko’tarildi.Uning  harbiy  ta’limoti  bugungi  kunda  ham  o’z  dolzarbligini yo’qotgani  yo’q. Uning  harbiy  mahorati  xalqimiz  tinchligi  va  osoyishtaligi, mamlakatimiz  sarhadlarini  ko’z qorachig’iday  asrash  maqsadida barpo etilgan milliy  armiyamizning  har bir  a’zosi  uchun dasturamal bo’lib  xizmat  qilishi  shubhasizdir. Sohibqiron  Amir Temur  buyuk  sarkarda va davlat arbobo bo’lishi  bilan  birga u buyuk inson bo’lgan.Uning oliyjanob insoniy fazilatlari haqida  tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”asarida va  boshqa  ko’plab  tarixiy  manbalarda  keng  ma’lumotlar berilgan.Ulug’ shoir  va  mutaffakir  Abdurahmon Jomiy shunday degan  edi:”O’zingda bo’lmagan xislatni o’zgalardan izlama” darhaqiqat  Sohibqiron bobomiz o’zi amal qilgan fazilatlar haqida o’z “Tarjimai hol”ida quyidagilarni bayon etgan.Bular:beg’arazlik,o’zaro hurmat, adolatparvarlik, umum  manfaatni  hurmatlash ,dinni qadriyat sifatida e’zozlash, haqiqatgo’ylik, va’daga sodiqlik, hasad  va ochko’zlikni qoralash, ma’naviy va jismoniy poklik, imon, ilm-fan  homiylarini  e’zozlash, rahimdillik  kabilardir. Davlat boshqaruviga xos eng muhim ustunliklaridan biri unda adolat mezoniga,qonun ustuvorligiga alohida ahamiyat berilganligidir.Zero, xoh  moliya-soliq  tizmida, xoh savdo-tijorat  sohasida, yoxud ijtimoiy masalalarda bo’lmasin barcha sohalarga adolat ko’zi bilan qonunchilik  qoidalari  va  talablariga asoslannib ish yuritish qat’iyat va izchillik  Amir Temur davlatchilik  siyosatining  asosiy mezoni bo’lgan bo’lsa, bunyodkorlik  uning  amaliy faoliyati darajasiga ko’tarilgan edi.Xususan, Amir Temurning davrida yer yuzining  sayqali  Samarqandning chiroyiga chiroy qo’shildi.Jome masjidi,- Bibixonim,Go’ri Amir, Shohizinda asosi bo’lgan Qusam ibn Abbos va boshqa maqbaralar,xonaqohlar qurdirish bilan birgalikda, Movaraunnahrda ishlab chiqarish kuchlarining beqiyos o’sishiga, xalq turmush darajasining  yuksalishiga olib keldi.Natijada savdogarlar, hunarmandlar,dehqonlar, ya’ni  aksariyat  aholi  yangi  uy  joylar, bog’u- rog’lar, masjidu-madrasalar, hammomu-kasalxonalar, bozor rastalari-yu-karvonsaroylar  va  boshqa ko’plab inshoatlar  bunyod etila boshlagan.Butun mamlakat katta qurilish maydoniga aylangan edi.Uning “Qay bir joydan bir g’isht olsam,o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim” degan so’zlari fikrimiz dalilidir.Amir  Temur  bunyodkorlik  ishlaridan  tashqari  bog’larga  ham  alohida  mehr  qo’ygan, shuning  uchun  osoyishta  kunlarini  asosan  Samarqand  tashqarisidagi  chorbog’larda  o’tkazar  edi. Bu  bog’lar  asosan  o’n  ikkita  bo’lib, ular-Bog’i  Naqshijahon, Bog’i  Behisht, Bog’i  Amirzoda, Bog’i  bo’ldi, Bog’i  Dilkusho, Bog’i  Shamol, Bog’i  Zag’on, Bog’i  baland, Bog’i  Davlatobod, Bog’i  Chinor, Bog’i  Nav, Bog’i  Jahonnomadir.
            Bog’larni  barpo  qilishda  asosan  oldindan  daraxt  ekib, ancha  obod  joylar  tanlab  olingan.So’ng  esa  ularga  reja  asosida  ishlov  berilgan.Masalan, Bog’i  Dilkusho  avvaldan  mavjud  bo’lgan  o’n  ikkita  kichikroq bog’ni  birlashtirib, barpo qilingan.Aynan  shu  bog’da  Amir Temur  Ispaniya elchisi Klavixo de Gansalesni  qabulqilgan. Sohibqiron  bobomizning vatani, xalqi, tarix oldidagi  buyuk  xizmati  yana  shundan iborat-ki, u yurt qudratini, iqtisodiy, madaniy  va  ma’naviy dunyosini  butun  jahon  ko’z  o’ngida  ulug’ladi.Uni Ispaniya, Italiya, Fransiya, Angliya, Rossiya, Usmonli turklar,  Oltin O’rda, Hindiston, Misr, Xitoy kabi davlatlar tanidilar  va tan oldilar.Fransuz olimi  Jan Pol Runi ”Temurlang” asarida  Eronda  Amir Temur  tufyali tinchlik,barqarorlik qaror topganligini, savdo-tijorat, qishloq  xo’jaligi, hunarmanchilik  rivojlanganligi ,xalq turmush darajasining  o’sganligini  alohida  ta’kidlaydi. Har qanday  jamiyat  taraqqiyotini  ilm-ma’rifatsiz  tasavvur qilib  bo’lmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimyatga kelishi bilan chiqargan  dastlabki  farmonlarini  madrasalar barpo etish, ilm-u  toliblarga nafaqalar tayinlash  bilan  boshlagan. Qaysi  bir shaharga bormasin, Amir Temur eng  avvalo  o’sha  yerlik  olim-u-fozillar  bilan  uchrashar,ular bilan  suhbat  qurar,turli mavzularda  bahslashar edi. Temur “tuziklarida” ta’kidlanishicha ”aqlli  kishilar va kengash sohiblari ehtiyotkor arboblar, sergak va keyinini o’ylab olisni ko’rib ish yurituvchi,keksa va tajribali kishilarni  xos majlismga kiritib, suhbatlaridan, ishlaridan naf olib, tajriba hosil qilardim”-deb bayon etgan. Butun  ongli  umrini  “rosti  rasti”, ya’ni  “haq bo’lsang, najot  topasan”,  “kuch adolatda” singari  insonparvarlik  ruhi  bilan  yo’g’rilgan  shiorlarga  suyangan  holda  siyosat  yuritishga  sarf  qilgan  bobomizning  tabiat  in’om  etgan  aql-zakovat, qobilyat  va  harbiy mahoratini ishga  solib, davlatni  idora qilish  usul  hamda  uslublari  andozalarini  belgilab  berish  borasidagi  say-harakatlari, ilgari surgan  fikr-mulohazalari  o’z o’tmishiga yangicha  nazar  bilan  yondashayotgan  biz  yosh-avlodlar  tomonidan  har tomonlama  chuqur  ilmiy  asosda  o’rganilmog’i, ijtimoiy  fan  sohalari  mutaxasislari  olib borajak  tatqiqotlari  uchun  mavzu  bo’lmog’i  kerak.Bizningcha, Sohibqiron  asos  solgan  markazlashgan  yirik  fe’odal  jamiyat  va  u  olib  borgan siyosat  to’g’risidagi  xolis  fikrni  siyosatshunoslar, tarixchilar, iqtisodchilar  aytgani maqsadga molikdir. Biz  Amir  Temurni  buyuk  sarkarda, mohir  siyosatchi  sifatida  yaxshi  bilamiz. Ammo  uning  “Temur  Tuzuklari” ni  o’qir  ekanmiz, faol  ma’rifatchi, ulug’  donishmand  bo’lganini  ham  qayd  etamiz.          Mazkur  asarning  turli  mamlakatlar  aholisiga  munosabat, ularning  ahvolidan  xabardor  bo’lish  nomli  qismida  keltirilgan  “Amir  etdimki, fath  etilgan  har  bir  mamlakatdagi  sipohiylar  panohimga  kelsalar, ularni  navkar  qilib, joy  bersinlar. U  diyorning  raiyatini  yomon  hodisalardan, qatl  va asiru  band  etilishdan, talanishdan  muhofaza qilsinlar. Ularning  mol-mulkini, buyumlarini  talon-tarojdan  saqlansinlar.O’sha  mamlakatdan  tushgan  o’lja  mollar  egalariga  qaytarib  berishini  tekshirsinlar” kabi  gaplari  fikrimizni  tasdiqlaydi.
           Prezidentimiz  Islom  Karimov  “Yuksak  ma’naviyat  yengilmas-kuch” asarida  “Shaxsan  men  “Temur  tuzuklari” ni  har  gal  o’qir  ekanman, xuddiki  o’zimga  qandaydir  ruhiy  kuch-quvvat  topgandek  bo’laman. O’z  faoliyatimda  bu  kitobga  takror  va  takror  murojaat  qilib, undagi  hech  qachon  eskirmaydigan  inson  ma’naviyati  uchun  bugun  ham  ozuqa  bo’ladigan  qimmatli  fikrlarni  qanchalik  hayotiy  ekaniga  ko’p  bor  ishonch  hosil  qilganman” deb  yozadilar. Haqiqatdan  ham  Sohibqironning  o’ziga  xos  ushbu  qomusiy  asarini  o’qir  ekanmiz, ko’z  o’ngimizda  Amir  Temur  nafaqat  tengi  yo’q  sarkarda, saltanat  hukumdori,  balki  tadbirkor  pedagog  tarbiyachi  sifatida  ham  gavdalanadi. Millat  va  elatlar  o’rtasida  totuvlik, o’zaro  ahillik  va  hamjihatlikni  saqlash, hayotimizning  barqarorligi  va  osudaligini  ta’minlash, mehr-oqibat, muruvvat, salohiyat  muhitini  yanada  mustahkamlash, kuchli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish, mamlakatimizda  pirovard  maqsad  bo’lishi  bilan  birga “Temur  tuzuklari” ning  bugungi  kunimizda  tutgan  o’rnini  yana  bir  marotaba  ko’rsatib  turibdi.  Shuni aytib o’tish joizki, buyuk bobokalonimiz  Sohibqiron  Amir Temur nafaqat  davlat  boshqaruvida, balki jamiyatning  barcha sohalarida o’ziga xos yangiliklar kirita oldi va  uni amalda isbotladi. Bugungi kunda  Sohibqiron  Amir Temur davlatining  poytaxti  bo’lgan  Samarqand o’zgacha chiroy ochib, dunyo  ahlini o’ziga jalb etib kelmoqda. Biz  o’sib  kellayotgan  yosh  avlodlar  shunday  buyuk  zotlar  tug’ilgan, kindik  qoni to’kilgan  muqaddas  yurtda  tug’ulganimizdan  va   dunyo  ahlini  hayratga  solgan  olim-u  fuzalolar, shoir-u  yozuvchilar, ayniqsa  Sohibqiron  yurtida  yashayotganimizdan  g’ururlanib, faxr  hisi bilan  yashamog’imiz  kerak.

Raxmatov Obidjon, Samarqand qishloq xo’jalik inistituti
“Veterinariya zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti 103-guruh talabasi


 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.