• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Samarqand qishloq xojalik institutida xalqaro hamkorlik  
Thursday, 23 January 2020
Samarqand qishloq xojalik institutida xalqaro hamkorlik

Samarqand qishloq xo’jalik institutida xalqaro hamkorlik

Teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik tamoyili asosida turli davlatlar bilan keng ko’lamli aloqalar o’rnatilishi O’zbekistonga jahon xo’jalik aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integrasiyalashuv, xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni faol o’rnatish uchun imkoniyat yaratilgan.

O’zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o’z tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O’zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda. O’zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda mustahkamlash doirasida so’nggi yillardagi hamkorligi va tashriflar almashinuvi ikki tomonlama va mintaqalararo doirada faollashib bormoqda.

Xalqaro aloqalar bo’limi dunyoning ilm-fan va texnika sohasidagi yutuqlardan unumli foydalangan holda kadrlarni tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan.Jumladan Yevropa Ittifoqi Erasmus-Mundus TOSCA 2 (Markaziy Osiyoga bilim va malakalar transferi) loyihasi bilan bizning institutimiz bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib keloqda. Bu loyiha asosida Polsha, Italiya, Gresiya, Germaniya davlatlari bilan bizning institumiz bakalavr, magistrlar o’qishlarini davom ettirishida, doktorantlarimiz ilmiy tatqiqotlarini olib borishlari va professor o’qituvchilarining malakalarini oshirishda yaqindan yordam berib kelmoqda.

Ayni vaqtda Gresiyaning Tessaloniki shahridagi Aleksandr Ta’lim Texnologiyalari institutida Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti professor o’qituvchilaridan G’aniyev Ibragim, Abruyev Akmal, Mardonov Mamedlar doktoranturada o’z ilmiy ishlarini davom ettirishmoqda.  2013 yilning 18 oktyabridan 15 noyabrigacha bo’lgan muddatda Agronomiya fakulteti assistenti G’oziyev Toshniyoz o’z malakasini oshirib qaytdi.

 Shu bilan birga TEMPUS dasturi asosida «O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida suv resurslarini boshqarish negezida arof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanish bo’yicha magistrlik kursini rivojlantirish» (UzWATER) ilmiy loyihasi bajarilmoqda. UzWater-Tempus loyihasi ishtirokchilari ushbu loyiha asosida 2013 yilning 7-14 sentyabr kunlari institutimiz professor o’qituvchilarining bir guruhi Polsha respublikasining Varshava  Amaliy Bilimlar va Litvaning Kaunas Texnologiyalar universitetlarida o’quv seminarlarida ishtirok etib kelishdi.

Yuqoridagi grant dasturlari asosida o’tkazilgan uchrashuv va seminarlarda Yevropa va O’zbekiston oliy o’quv yurtlari o’rtasida jumladan, Samarqand qishloq xo’jalik institutining kelgusidagi ilmiy aloqalarni kuchayrish, o’zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilib olindi, hamda quyidagi asosiy vazifalarni bajarish rejalishtirildi:Yevropaning nufuzli universitetlari bilan halqaro konferensiyalarni tashkillashtirish va o’tkazish;Taklif etildigan xorijiy mutahassislarni faoliyatini tashkillashtirish;

Samarqand qishloq xo’jalik institutining ilm-fan va texnika sohasini rivojlantirishga chet el investisiyalarni jalb etish;Professor-o’qituvchilarga, mustaqil tadqiqotchilarga, katta ilmiy xodim izlanuvchilarga hamda talabalarga o’z ilmiy ishlari uchun chet el fondlari grantlarini qo’lga kiritishda tanlovlarida ishtirok etishda yordam ko’rsatish;Professor-o’qituvchilarga, mustaqil tadqiqotchilarga, katta ilmiy xodim izlanuvchilarga hamda talabalarga xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurish uchun kerakli xujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam berish;

O’zbekistonda akkreditasiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan aloqalarni o’rnatish va mustaxkamlash;Samarqand qishloq xo’jalik instituti vazirlik tomonidan halqaro aloqalar o’rnatishda va akdemik almashuv sohasidagi yetakchi oliy o’quv yurti hisoblanadi. Institutmiz Tempus va Erasmus Mundus grant dasturlarida loyihalar bilan faol qatnashib, ko’plab nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolab xalqaro aloqalarni mustaxkamlab kelmoqda.

Sh.Hasanov, institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.