• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow For “Well being life” year arrow Sog'lom bola yili Davlat dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha chiqarilgan institut buyrug'i  
Sunday, 26 January 2020
Sog'lom bola yili Davlat dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha chiqarilgan institut buyrug'i

     

                    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI VAZIRLIGI

                                               SAMARQAND QISHLOQ XO'JALIK INSTITUTI

 

                                                                                 BUYRUQ

 

                    Samarqand shahri                                                                            «___» ___________ № _____

       

        O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta

        maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 5-martdagi

        81-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalarning

        ijrosini ta’minlash to’g’risida

        

       O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 5-martdagi 81-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida

                                                                              BUYURAMAN:

         1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2133-son Qarori hamda Respublika komissiyasining 2014-yil 22-fevraldagi 38-son majlisi bayoni (28.02.2014 yil, EDO-01-07/1-103-son)   ijrosi yuzasidan yo’llangan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 5-martdagi 81-sonli buyrug’i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

           2 “Sog’lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tarmoq Dasturi asosida institutning chora-tadbirlar Dasturini ikki kun muddatda ishlab chiqish, bajarilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo’yicha Ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

          3. Ishchi guruhga institutda Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish, monitoringini yuritish, tahliliy ma’lumotlarni institut ilmiy Kengashiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.

          4. Dasturga kiritilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda so’zsiz to’liq amalga oshirilishi yuzasidan qatiy nazorat o’rnatish soha prorektorlari (A.Hamzayev, A.Elmurodov, R.Davlatov, Sh.Sattarov va T.Tayloqov) zimmasiga yuklatilsin.

          5. Soha prorektorlari A.Hamzayev, A.Elmurodov, R.Davlatov, Sh.Sattarov, T.Tayloqov va fakultet dekanlari N.Farmonov, F.Axrorov, D.Normurodov, J.Yuldoshev hamda “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri D.Aberqulovlarga besh kun muddatda “Sog’lom bola yili”  Davlat dasturining maqsad va mohiyati, unda ko’zda tutilgan keng qamrovli ishlar ko’lami hamda ahamiyatini keng targ’ib etish maqsadida:

          - davlat dasturida belgilangan tadbirlar, respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, oila va bolaga bo’lgan e’tiborni aholi o’zida his qilish uchun Dasturning mazmun-mohiyatini briktirilgan tuman mahallalari aholisi, institut rahbar hodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talabalariga yetkazish maqsadida yig’ilishlar tashkil  etish;

          - yig’ilishlar natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumot (unda institutda va mahallalarda o’tkazilgan yig’ilishlar va ishtirokchilar soni ko’rsatilib, tadbirlardan fotosuratlar ilova qilingan holda) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining “Ma’naviy-axloqiy tarbiya” boshqarmasiga taqdim etish;

          - institutda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ommaviy axborot vositalarida professor-o’qituvchilar hamda mutaxassislarning chiqishlarini tashkil etish vazifalari topshirilsin.

          6. “Sog’lom bola yili” ga bag’ishlab har bir xodim va ishchilar uchun bittadan daraxt ko’chati va institutda qalamchalar ekish aksiyasini joriy yilning 1-apreligacha maxsus ishlab chiqilgan reja-jadval asosida o’tkazish vazifasi Moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor Sh.Sattarov, fakultet dekanlari N.Farmonov, F.Axrorov, D.Normurodov, J.Yuldoshevlar zimmasiga yuklatilsin.

          7. “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  “Ma’naviy-axloqiy tarbiya” boshqarmasiga 2-ilovada keltirilgan shakl asosida oylik hisobotni (yozma va elektron shaklda, e-mail: This email address is being protected from spam bots, you need Javascript enabled to view it ga) har oyning 20-sanasi va choraklik hisobotni har chorak so’nggi oyining 22-sanasida taqdim etib borish vazifasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.Hamzayev zimmasiga yuklatilsin.

          8. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

                                         Rektor                                         T.E.Ostonaqulov

                                                                                            

                                                                                                        Institut rektorining 2014 yil ___ martdagi

                                                                                                        ___sonli buyrug’iga 1-ilova

           

 “Sog’lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Oliy va o’rta

                       maxsus ta’lim vazirligining tarmoq Dasturi asosida institutning chora-tadbirlar Dasturini

                                   ishlab chiqish, bajarilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo’yicha

                                                                             ISHCHI GURUH TARKIBI

T/rIsmi, sharifiLavozimi 
1.T.E.OstonaqulovRektor, ishchi guruh raisi; 
2.A.H.HamzayevMa’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor, ishchi guruh raisi o’rinbosari;
3.O.E.HaydarovMa’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i, ishchi guruh kotibi;
4.R.B.DavlatovIlmiy ishlar bo’yicha prorektor, a’zo;
5.A.A.ElmurodovO’quv ishlari bo’yicha prorektor, a’zo;
6.Sh.X.SattarovMoliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor, a’zo;
7.T.I.TayloqovKasb xunar kollejlari va akademik liseylar bo’yicha prorektor, a’zo;
8.N.O.FarmonovVeterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti dekani, a’zo”
9.F.B.AxrorovIqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani, a’zo;
10.D.S.NormurodovAgronomiya fakulteti dekani, a’zo; 
11.J.S.YuldoshevQXM va MQI fakulteti dekani, a’zo; 
12.D.N.AberqulovGumanitar fanlar kafedrasi mudiri, a’zo; 
13.J.B.SayfiddinovaXotin-qizlar qo’mitasi raisi, a’zo; 
14.T.O.Mamatov“Kamolot”YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi, a’zo;
15.A.O.HosilbekovKasaba uyushma qo’mitasi raisi, a’zo 
16. A.T.TuvalovJismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, a’zo;


 Institut rektorining 2014 yil
___ fevraldagi ___ sonli buyrug’iga 3-ilova

 

O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturini viloyat hokimligining taqsimotiga asosan Payariq tumanida ijrosini ta’minlash bo’yicha institutdan biriktirilgan mas’ul


ISHCHI GURUH TARKIBI

 

T/r

Familiyasi va ismi

Lavozimi

 

1.

T.E.Ostonaqulov

institut rektori, Ishchi guruh raisi;

2.

A.H.Hamzayev

Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektor, ishchi guruh raisi  o'rinbosari;

3.

T.I.Tayloqov

Kasb hunar kollejlari va akademik liseylar bo'yicha prorektor, ishchi guruh a'zosi;

4.

O.E.Haydarov

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i, ishchi guruh kotibi ;

5.

D.N.Aberqulov

"Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, ishchi guruh a'zosi

6.

A.T.Tuvalov

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri, ishchi guruh a'zosi;

7.

T.Mamatov

"Kamolot"YoIH boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, ishchi guruh a'zosi;

8.

J.B.Sayfiddinova

Xotin-qizlar qo'mitasi raisi, ishchi guruh a'zosi;

9.

T.O.Mamatov

"Kamolot"YoIH boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, ishchi guruh a'zosi;

 

Институт ректорининг 2014 йил
___ февралдаги ___ сонли буйруғига 1-илова

           

          Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6-февралдаги ПҚ-2124-сонли Қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикасида 2014 йилда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар Дастурининг ижросини таъминлаш бўйича ишлаб чиқилган институтнинг  чора-тадбирлар  rejasi

 

Т/р

Чора-тадбирлар номи

Амалга ошириш механизми

Ижро муддати

Масъул ижрочилар

I. Ёшларнннг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш, демократик давлат қуриш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш

1. (1)

((1))

"Ўзбекистон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатининг асослари тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг янги таҳрирдаги лойиҳаси юзасидан таклифларни  тегишли тартибда Самарқанд вилояти ҳокимлиги ва ЎзР ОЎМТВга тақдим этиш.

  • 1. Факултетлар, кафедралар ва институт бўлимларидан таклифларни олиш.
  • 2.Таклифларни институт илмий кенгашида муҳокама этиш.
  • 3.Мақулланган таклифларни ўрнатилган тартибда Самарқанд вилояти ҳокимлиги ва ЎзР ОЎМТВга тақдим этиш.

 

Феврал ойи

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), бўлим бошлиқлари, кафедра мудирлари, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

2. (2) ((3))

Ўзбекистон Республикасида сиёсий, ҳуқуқий, ижтимоий ва иқтисодий соҳаларда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг мазмун-моҳиятини ёшларга тўлақонли тушунтириш, ёш авлодни ушбу жараёнларга кенг жалб этишга қаратилган "Ватан келажаги сенинг қўлингда!" тарғибот-ташвиқот лойиҳасида фаол иштирок этиш.

  • 1. Сиёсий, ҳуқуқий, ижтимоий ва иқтисодий соҳаларда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг мазмун-моҳиятини тарғиб этувчи материаллари (маъруза матнлари, тақдимотлар, тарқатма материаллар, кўргазмали тарғибот воситалари, фильмларни) тайёрлаш ёки олиб келишни ташкиллаштириш.
  • 2. Тарғибот гуруҳларини шакллантириш ва уларни ташкил этиладиган ўқув-семинарларида иштирокини таъминлаш.
  • 3. Тарғибот тадбирларини барча курс ва гуруҳларда, меҳнат жамоаларида ва бириктирилган Пастдарғом ҳамда Иштихон туман маҳаллаларида ташкил этиш.

 

 

Феврал-март ойлари

Март ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), Гуманитар фанлар кафедраси мудири Д.Аберқулов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Институт АРМ директори Ҳ.Ташманов.

3. (3) ((4))

Институт талаба-ёшларини давлат ҳокимияти органлари тизими ва фаолияти билан яқиндан таништириш мақсадида Олий Мажлис қуйи ва юқори  палатаси вакиллари, вилоят ва шаҳар ҳокимлиги мутасаддилари, вилоят адлия бошқармаси вакиллари иштирокида туркум учрашувлар ташкил этиш.

  • 1. Учрашувлар режа-жадвалини ишлаб чиқиш.
  • 2. Давлат ҳокимияти органларида ёки институтда учрашувларни режа асосида ташкил этиш.

 

Феврал ойиЙил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

4. (4) ((5))

"Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 22 йиллигига бағишлаб "Ўзбекистон Республикаси Конституцияси - мамлакат тараққиёти ва жамият фаровонлигининг ҳуқуқий кафолати" тарғибот лойиҳасини амалга ошириш.

  • 1. Тарғибот материалларини (маъруза матнлари, тақдимотлар, тарқатма материаллар, кўргазмали тарғибот воситалари) тайёрлаш ёки ҳамкорлардан олиб келиш.
  • 2. Тарғибот гуруҳларини шакллантириш, улар учун ўқув-семинар ташкил қилиш, тарғибот материаллари билан таъминлаш.
  • 3. Тарғибот ишларини режа асосида барча курс ва гуруҳларда, меҳнат жамоалари ва бириктирилган туманлар маҳаллаларида ташкил этиш.

 

Сентябр ойи

Октябр ойи

Ноябр-декабр ойлари

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

5. (5) ((6))

"Камолот" ЁИҲ бошланғич ташкилоти фаолиятини танқидий кўриб чиқиш.

 "Энг намунали бошланғич ташкилот" кўрик-танловлари вилоят ва республика босқичларида муносиб иштирок этишни таъминлаш.

  • 1. Бошланғич ташкилот режа ва дастурларини қайта кўриб чиқиш, фаолиятини баҳолаш.
  • 2. Вилоятда ўтказиладаиган барча семинар, кўрик-танловларда фаол иштирок этиш.

 

 

Феврал-март ойлари

3 ва 4-чоракларда

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров,

"Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

6. (8) ((9))

Институт талабаларининг сиёсий ва ҳуқуқий билимларини мустаҳкамлаш мақсадида "Тафаккур синовлари" республика танловининг институт босқичини ўтказиш.

Шаҳар ва вилоят босқичларида муносиб иштирок этиш.

  • 1. Танловнинг институт босқичи Ишчи гуруҳини шакллантириш ва чора-тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. Танловда иштирок этадиган жамоалар рўйхатини шакллантириш.
  • 3. Танловнинг институт босқичини ўтказиш.

Феврал ойи

Март-апрел ойлари

Май ойи

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова, Гуманитар фанлар кафедраси мудири Д.Аберқулов, институт ҳуқуқшуноси С.Бобоев.

II. Юксак маънавиятли, мустақил фикрловчи, қатъий ҳаётий позиция, кенг дунёқараш ва чуқур билимларга эга бўлган ватанпарвар ёшларни тарбиялаш, уларда турли мафкуравий таҳдидларга қарши иммунитетни шакллантириш

7. (9) ((10))

Самарқанд вилоятида ташкил этиладиган "Биз буюк юрт фарзандларимиз!" шиори остидаги ёшлар фестивалида институт жамоасини фаол иштирокини таъминлаш.

  • 1. Фестивалда иштирок этиш учун иқтидорли ва қобилиятли ёшлар рўйхатини шакллантириш ва улар билан ишлаш.
  • 2. Белгиланган муддатларда ва жойда ёшлар фестивалида институт жамоасини фаол иштирокини таъминлаш.

 

 

Феврал-март ойлари

Белгиланган жадвал асосида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

8. (11) ((17))

Институт талабалари  ўртасида қуйидаги мавзуларда социологик тадқиқотлар ўтказиш:

  • - "Ёшлар ва ахлоқий қадриятлар";
  • - "Ёшлар ва оила";
  • - "Ёшлар ва ижтимоий фаоллик";
  • - "Ёшлар ва таълим";
  • - "Ёшлар ва китобхонлик".
  • 1. Социологик тадқиқотларни ўтказиш бўйича ташкилий ишларни амалга ошириш.
  • 2. Режа асосида сўровларни ташкил этиш, ўтказиш ва натижаларини таҳлил қилиш.

 

Феврал ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Гуманитар фанлар кафедраси ўқитувчилари.

9.

Институт талабаларини экологик ва эстетик маданиятини юксалтириш мақсадида институт хиёбони, факултетлар ҳовлиси, талабалар турар жойлари ҳовлиси ва бошқа жамоат жойларини озода сақлашга қаратилган экологик лойиҳани амалга ошириш.

  • 1. Институт ҳудудини ободонлаштириш тоза сақлаш ва кўкаламзорлаштириш мақсадида ҳудудни ҳар бир факултет, курс ва гуруҳларга тақсимлаш ва маъсулларни белгилаш.
  • 2. Нафақат институт ҳудудида, балки шаҳарнинг бошқа ҳудудларида ҳам ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш, экологик ҳолатларни янада яхшилаш бўйича ташаббускор талабалар гуруҳларни шакллантириш ва жойларда экологик тадбирларни амалга ошириш.

 

 

Март ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

10. (12) ((19))

Ёшларни Ватанга муҳаббат руҳида тарбиялаш, тарих, маданият ва маънавият соҳаларидаги билимларини мустаҳкамлаш мақсадида "Музейлар - бой тарихимиз ва бетакрор маданиятимиз хазинаси" мавзусида музейлар ойлигини ташкил этиш.

  • 1. Институт талабаларининг Самарқанд шаҳридаги музейларга ташрифлари режасини ишлаб чиқиш ва тасдиқлашга тақдим этиш.
  • 2. Режа асосида ёшлар учун музейлар ойлигини ташкил этиш.

 

Март ойи

Май ойи

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

III. Ёшларни ижтимоий ҳимоя қилиш, замонавий касб-ҳунарларнн пухта эгаллашлари учун муносиб шароитлар яратиш, уларни иш билан таъминлаш ва тадбиркорликка жалб қилиш

11. (13) ((20))

Ёшлар бандлигини таъминлаш, уларни мамлакатимизда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишларига жалб қилиш мақсадида "Бунёдкор" ёшлар меҳнат ҳаракати фаолиятини янада кенгайтириш.

  • 1. "Бунёдкор" ёшлар меҳнат отряди аъзоларини руйхатини тузиш ва тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. Режа бўйича отряд ишларини ташкил этиш.

Март ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

12. (14) ((21))

Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини касбга йўналтириш, ўқишини давом эттириш ва иш билан таъминлашга кўмаклашиш мақсадида "Таълим ва мутахассислик" кўргазмаларини ташкил этиш.

  • 1. Кўргазмада иштирок этиш учун институт ва таълим йўналишларида ҳақида тарғибот материаллари тайёрлаш.
  • 2. Кўргазмада фаол иштирок этиш.

Март ойи

Йил давомида

Ўқув ишлари бўйича проректор А.Элмуродов, Кадрлар бўлими бошлиғи Ҳ.Ҳикматова, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

13. (16) ((27))

Институт талабаларига банклар томонидан таълим кредитлари олишларига яқиндан ёрдам бериш, йўл-йўриқлар кўрсатиш.

  • 1. Ишчи гуруҳини шакллантириш, таълим кредитига эхтиёжи бўлган талабалар рўйхатини шакллантириш.
  • 2.Таълим кредитлари учун тегишли ҳужжатларни тайёрлаш ва тақдим этишда амалий ёрдам бериш.

1-чоракда

Март-сентябр ойлари

Йил давомида

Молия-иқтисодиёт ишлари бўйича проректор Ш.Саттаров, Иқтисодиёт ва бошқарув  факултети декани Ф.Ахроров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Бухгалтерия кафедраси мудири А.Алиқулов.

14. (17) ((28))

Ёшларга бичиш-тикиш, қандолатчилик маҳсулотларини тайёрлаш, компьютерда ишлашни ўргатиш бўйича қисқа муддатли курсларини ташкил этиш.

  • 1. Хохловчилар рўйхатини шакллантириш.
  • 2. Қисқа муддатли ўқув курсларини ташкил этиш.

Май ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

15. (17) ((28))

"Меҳрибонлик" уйлари тарбияланувчилари учун маънавий-маърифий ва маданий тадбирларни амалга ошириш.

  • 1. Ишчи гуруҳини шакллантириш, лойиҳа концепцияси ва тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. Институт олимлари, ютуқларга эришган талабалар иштирокида, шунингдек "Ниҳол" бадиий ҳаваскорлик жамоаси аъзолари билан биргаликда 10 сон "Мехрибонлик" уйида маънавий-маърифий ва маданий тадбирларни ўтказиш.

 

Март ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

IV. Иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш, ижодий ва интеллектуал салоҳиятини руёбга чиқаришга қаратилган ишларни тизимли йўлга қўйиш

16. (18) ((30)

Юқори натижаларга эришган институт талабаларини "Ўзбекистон белгиси" кўкрак нишонига тавсия қилиш.

  • 1. Танлов комиссиясини тузиш ва тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. Кўкрак нишонига номзодлар рўйхатини шакллантириш.
  • 3. Номзодларни ўрганиш ва тақдирланувчилар рўйхатини тасдиқлаш.

Март ойи

2-чоракда

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

17. (19) ((31))

Фан, таълим, маданият, санъат, спорт ва бошқа соҳаларда ўтказилган ҳалкаро мусобақа ва танловларда юқори натижаларга эришиб, тенгдошларига намуна бўлаётган иқтидорли ёшларнинг муваффақиятларини кенг тарғиб қилиш мақсадида ZiyoNET таълим ахборот тармоғида ва http://www.samqxi.uz/ сайтида  уларнинг маълумотлар базасини яратиш.

  • 1. ZiyoNET таълим ахборот тармоғида ва http://www.samqxi.uz/ ҳалкаро миқёсда ўтказилган мусобақа ва танловларда ғолиб бўлган ёшларнинг маълумотлар базасини шакллантириш.
  • 2. Маълумотлар базасини мунтазам янгилаб бориш.
  • 3. Йил якуни бўйича иқтидорли ёшлар тўғрисида таҳлилий маълумот тайёрлаш.

 

Март ойи

Март ойи

Декабр ойи

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

20. (22) ((35))

Инстиутда ва СамДУда ташкил этиладиган ёш олимлар ва талабаларнинг "XXI аср - интеллектуал авлод асри" шиори остида ҳудудий ва илмий-амалий конференциясида  институт ёш олимлари ва иқтидорли талабаларини фаол иштирок этишини таъминлаш.

  • 1. Ишчи гуруҳини шакллантириш ва иш режасини тасдиқлаш.
  • 2. Илмий-амалий конференцияни ўтказиш.
  • 3. Конференцияларга ёш олимларнинг иштирокини таъминлаш.

Феврал-март ойлари

2 ва 3-чоракларда

4-чоракда

Илмий ишлар бўйича проректор Р.Давлатов, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

 

21. (23) ((36)

Ёшларнинг замонавий техника ва технологияларга бўлган қизиқишларини қўллаб-қувватлаш, уларда ижодий тафаккур ва яратувчанлик қобилиятини ривожлантириш мақсадида ташкил этиладиган республика кўрик-танловининг Самарқанд вилоят босқичида фаол иштирок этиш.

  • 1. Қобилиятли, интилувчан, илмий ишлар билан шуғулланаётган талабаларни излаш, рўйхатини шакллантириш.
  • 2. Институтда уларни саралаш босқичини ташкил этиш ва ғолибларни вилоят босқичида иштирокини таъминлаш.

 

Март ойи

2 ва 3-чоракларда

 

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев,  Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

22. (24) ((37))

Мустақил фикрлайдиган, қатъий ҳаётий позицияга эга бўлган ёшларни тарбиялаш, уларда тизимли таҳлил қилиш, мантиқий фикрлаш ва моҳирона мунозара олиб бориш қобилиятларини ривожлантириш мақсадида институтда "Мунозара" ҳамда "Заковат" интелектуал талабалар клуби фаолиятини самарали йўлга қуйиш.

  • 1. "Мунозара-Дебат" ва "Заковат" интелектуал талабалар клубининг Низомлари ва иш режаларини қайта кўриб чиқиш.
  • 2. Клублар фаолиятини йўлга қўйиш ва уларга ёшларни жалб қилиш.
  • 3. Тўгарак аъзоларидан ташкил топган ҳудудий жамоалар ўртасида турли мавзуларда беллашувлар ўтказиш.

Апрел ойи

2-чорак

3-чорак

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов,Гуманитар фанлар кафедраси ўқитувчиси Ш.Тангиров

23. (25) ((38))

Институт "Ниҳол" бадиий ҳаваскорлик тўгараги аъзолари ҳамда "Ягонасан Муқаддас Ватан" республика қўшиқлар танлови совриндори Ж.Мардиев ва Вилоятдаги таъниқли ёш саънаткорлар иштирокида "Биз Ватан фарзандлари - умид ниҳолларимиз!" шиори остида концертлар  ташкил этиш.

  • 1.Ишчи гуруҳини шакллантириш, концерт сценарийси ва тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. 2. Концерт дастурини ўтказиш.

 

Феврал,

Март-апрел

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-А.Ниязов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Ўзбекистон Давлат саънат ва маданият институти битирувчи талабаси Р.Холбекова.

24. (26) ((39))

Ёшларнинг ижодий ва ижтимоий фаоллигини ошириш мақсадида "Сен билан бирга - камолот сари..." акциясини ўтказиш. Акция доирасида турли соҳаларда юқори натижаларга эришган, ҳалқаро ва республика танловлари ҳамда мусобақаларида ғолиб бўлган иқтидорли ёшларнинг тенгдошлари билан учрашувларини ташкил этиш.

  • 1. Юқори натижаларга эришган, ҳалқаро ва республика танловлари ҳамда мусобақаларида ғолиб бўлган иқтидорли ёшлар рўйхатини тузиш, тадбирлар режасини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш.
  • 2. Институтга ёндош маҳалларда, бириктирилган туманлар маҳалларида, мактабларда учрашувлар, давра суҳбатлари ташкил этиш.

 

Март ойи

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

V. Ёшларни жисмоиий тарбия ва спорт билан мунтазам шуғулланишга кенг жалб этиш, ёшлар орасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш

25. (28)

((41))

Ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, ОИВ/ОИТС касаллиги, гиёҳвандлик, ичкиликбозлик, тамаки чекиш каби иллатларни олдини олишга қаратилган "Биз - соғлом турмуш тарзи тарафдоримиз!" мавзусида учрашувлар, давра суҳбатларини ҳамкор ташкилотлар билан ташкилллаштириш.

  • 1. Вилоят ОИТСга қарши кураш маркази билан ҳамкорликда режа тузиш. Тарғибот материаллари (маъруза матнлари, тақдимотлар, тарқатма материаллар, кўргазмали тарғибот воситалари) тайёрлаш.
  • 2. Гиёҳвандликка қарши кураш, ёшларга бу иллатлар гирдобига тушиб қолишни олдини олиш мавзусида вилоят ИИБ билан ҳамкорликда катта мажлислар залида учрашув ўтказиш.
  • 3. Тарғибот тадбирларини барча курс ва гуруҳларда, меҳнат жамоалари ва бириктирилган маҳаллаларда ташкил этиш.

 

Феврал ойи

17-20 феврал

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

26. (29) ((43))

Талаба-ёшларни спорт билан шуғулланишга кенг жалб этиш мақсадида факултетлар талабалари ўртасида ўртасида футбол бўйича "Камолот кубоги" мусобақаларини ўтказиш.

  • 1. Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси, институт "Камолот" ЁИҲ б.т. ва касаба уюшмаси қўмитаси билан ҳамкорликда мусобақа Низомини ва режасини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш.
  • 2. Мусобақаларни ўтказиш.
  • 3. Ғолиблар командани вилоят босқичида иштирокини таъминлаш.

Феврал ойи

10-мартгача

15-30 март

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси мудири- А.Тувалов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

27.

Институтга ёндош А.Рахимбоев, Найман маҳаллаларидаги ёшларни спортга жалб қилиш мақсадида ҳамкорлик қилиш. Маҳаллардаги кам таъминланган оилаларнинг фарзандларини спорт билан шуғулланишларига имкон яратиш мақсадида институтдаги бепул тўгаракларга жалб этиш.

  • 1. Маҳалла ёшларини спортга жалб қилиш режасини ишлаб чиқиш.
  • 2. Институт очиқ ва ёпиқ спорт майдонларида маҳалла ёшлари учун барча шароитларни яратиш ва спорт мусобоқаларини ўтказиш. Тўгаракларни мунтазам ишлашини йўлга қўйиш.

 

Феврал

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси мудири- А.Тувалов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

28.

Ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, велоспорт турини оммалаштиришга қаратилган "Камолот-Тур" VII ёшлар веломарафонида фаол иштирок этиш.

  • 1. Велемарафон иштирокчилари рўйхатини шакллантириш ва улар билан малака машғулотларини олиб бориш.
  • 2. Веломарафоннинг вилоят босқичида муносиб иштирок этиш.

Май -июн

3-чорак

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси мудири- А.Тувалов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

29.

Ёшларнинг интеллектуал салоҳиятини ошириш мақсадида, уларни спортнинг шахмат ва шашака турига кенг жалб қилиш ва мусобоқалар ташкил этиш.

  • 1. Ишчи гуруҳни шакллантириш ва тадбирлар режасини тасдиқлаш.
  • 2. Факультетлар ва курслар кесимида турнирлар ташкил этиш. Ғолибларни моддий-маънавий тақдирлаб бориш.

Март ойи

Март-май ойлари ва йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси мудири- А.Тувалов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

30.

Оилаларда жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулланишни кенг тарғиб этиш ва оммалаштиришга қаратилган "Соғлом оила" мусобақаларини институт профессор-ўқитувчилари ўртасида  ташкил этиш ва ғолибларни тақдирлаш.

  • 1. Мусобақа Низомини ва тадбирлар режасини ишлаб чиқиш.
  • 2. Мусобақанинг факултет ва институт босқичини ўтказиш.
  • 3. Оилаларда жисмоний тарбия ва спорт билан шугулланишни кенг тарғиб қилиш.

Март ойи

Апрел-май ойлари

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Жисмоний тарбия ва спорт кафедраси мудири- А.Тувалов, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

VI. Вояга етмаганлар ва ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарлик ва жиноятлар содир этилишини олдини олиш

31. (31) ((53))

Ёшлар орасида ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликнининг барча кўринишларини олдини олишга қаратилган тадбирлар самарадорлигини ошириш. "Ёшлар ва қонун" тарғибот лойиҳасини амалга ошириш.

  • 1. Ҳуқуқбузарликнинг барча кўринишларини олдини олишга қаратилган тадбирлар режасини Самарқанд шаҳар ИИБ билан ҳамкорлик режасини ишлаб чиқиш ва ўрнатилган тьартибда тасдиқлаш.
  • 2. Талабалар ўртасида ҳуқуқбузарлик ва- жиноятчиликни олдини олишга қаратилган чора-тадбирлар режаси асосида тарғибот-ташвиқот ишларини амалга ошириш.

 

Феврал

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

32.

Ижарада яшайдиган талабалар билан ишлашни кучайтириш. Уларни бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш. Ижара соҳиблари, ота-оналар билан мунтазам алоқа ўрнатиш.

  • 1. Курс ва гуруҳ раҳбарларининг ижарада яшаётган талабалар билан ишлаш режасини кўриб чиқиш ва тасдиқлаш.
  • 2. Ижара эгаси, талаба ва гуруҳ раҳбари ўртасида уч томонлама ҳамкорлик шартномасини тузиш.
  • 3. Ижарада яшаётган талабалар билан мунтазам ишлаш. Аниқланган ҳолатларни таҳлил қилиш ва профилактик чоралар кўриш.

 

Феврал

Феврал

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), Курс ва гуруҳ раҳбарлари.

33.

Беҳаёлик, зўравонлик ва шафқатсизликни тарғиб қилувчи маҳсулотларни тайёрлаш, тарқатиш, реклама қилиш ва намойиш этилишини олдини олишга қаратилган тадбирларни амалга ошириш.

  • 1. Институтда мобил телефондан фойдаланиш қоидаларини ишлаб чиқиш.
  • 2. Мазкур масалалар юзасидан мониторинг ўтказиш.
  • 3. Аниқланган ҳолатларни таҳлил қилиш ва профилактик чоралар кўриш.

Феврал

Йил давомида

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

34. (32) ((55))

Хорижда ишлашнинг Қонуний асослари ҳамда одам савдосига қарши курашнинг мазмун-моҳиятини талабаларга  тушунтириш мақсадида "Одам савдоси - давр муаммоси" тарғибот лойиҳасини амалга ошириш.

  • 1.Тадбирлар режасини ишлаб чиқиш.
  • 2. Тарғибот материаллари (маъруза матнлари, такдимотлар, тарқатма материаллар, кўргазмали тарғибот воситалари, фильмлар) тайёрлаш.
  • 3. Тарғибот ишларини барча ИИБ ходимлари ва маҳаллалар фаоллари билан биргаликда таъсирчан мисоллар билан ташкил этиш. Тарғиботни ОАВлари ва интернет орқали кенг ёртиш.

 

Март ойи

Март ойи

Йил давомида

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев), "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова.

VII. Баркамол авлодни тарбиялашда оммавий ахборот воситалари ва замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан самарали фойдаланиш

35. (33) ((58))

Ёшларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, интилишларини қўллаб-қувватлаш, уларни маънавий ва жисмоний камол топтириш, Ватанга муҳаббат, истиқлол ғояларига садоқат руҳида тарбиялаш, турли ёт ғоялар ва паст савияли "оммавий маданият" таъсиридан асраш мақсадида Ўзбекистон МТРК тизимидаги телерадиоканалларида, вилоят телерадиокомпаниясида чиқишларда иштирок этиш ва босма ОАВ ҳамда Интернетда ушбу мавзу юзасидан  мақолалар  чоп этиш

  • 1. Ижодий гуруҳни шакллантириш.
  • 2. Мақолаларни www. samqxi.uz, www. Fikr.uz. ҳамда вилоят ОАВ ларида, илмий анжуманларда чоп ээтириш, телевидения ва радио орқали чиқишлар қилиш.
  • 3.Информацион дастурларда ёшлар мавзусига багишланган лавҳа, интервью бериб бориш.

 

Март ойи

Йил давомида

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, Хотин-қизлар қўмитаси б.т. раиси Ж.Сайфиддинова, Гуманитар, ижтимоий-иқтисодий  фанлар кафедралари ўқитувчлари

36. (36) ((65))

Ахборот-коммуникация технологиялари ва миллий Интернет сегментини ривожлантириш соҳасида фаолият юритаётган ёшларни қўллаб-қувватлаш мақсадида "MIT.uz" - миллий интернет танловига институт талабаларидан иборат қизиқувчи-дастурчиларни иштирокини таъминлаш.

  • 1."MIT.uz" - миллий интернет танлови Низомларини барча факултет деканатига етказиш. Талабаларни танлов Низоми билан таништириш, тарғиб қилиш.
  • 2. Танлов иштирокчилари рўйхатини шакллантириш.
  • 3. Танловнинг институт босқичини ўтказиш ва ғолибларнинг ҳужжатларини тегишли тартибда тақдим этиш.

 

Март ойи

Март-апрел ойлари

2 ва 3-чораклар

 Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов, факултет деканлари (Н.Фармонов, Д.Нормуродов, Ф.Ахроров, Ж.Юлдашев).

37. (37) ((67))

Институтда "2014 йилда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар режаси" ижросини факултетлар ва институт миқёсида бажарилишини мониторинг қилиш ва уни институтнинг веб-сайтига бериб бориш.

Чора-тадбир режасини бажарилиши бўйича маълумотларни белгиланган шаклда ва муддатларда Ўзр ОЎМТВ ҳамда Самарқанд вилояти ҳокимлигига тақдим этиб бориш.

  • 1."Камолот" ЁИҲ б.т. қошида режани бажарилишини ёритишда интернет саҳифасини юритувчи ишчи гуруҳини шакллантириш.

Интернет саҳифасини ишлаб чиқиш ва тармоққа жойлаштириш.

  • 2.Режани бажарилиши бўйича маънавият ва маърифат бўлими томонидан тақдим этилган маълумотларни институт веб сайтига мунтазам киритиш ва янгилаб бориш.

 

 

Феврал

Йил давомида

Маънавият ва маърифат ишлари проректори А.Ҳамзаев, Маънавият ва маърифат бўлими-О.Ҳайдаров, "Камолот" ЁИҲ б.т. раиси Т.Маматов.

 
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.