• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Institut Xotin-qizlar qomitasi, Kasaba uyushmasi, Kamolot YoIH boshlangich tashkilotlari faoliya  
Wednesday, 29 January 2020
Institut Xotin-qizlar qomitasi, Kasaba uyushmasi, Kamolot YoIH boshlangich tashkilotlari faoliya

Institut Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish

     Samarqand qishloq xo’jalik institutida 24-yanvar kuni “Institut Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati bevosita Xayvonlar fiziologiyasi kafedrasi professori, Ro’zi Xayitov tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Davra suhbatida institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor vazifasini bajaruvchi Yu.Salimov, xotin-fizlar qo’mitasi raisi J.Sayfitdinova, Kasaba uyushma raisi A.Xosilbekov, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Xamzayev, shuningdek fakul’tetlardan xotin-qizlar qo’mitasi, kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchilari, nomdor stipendiant, faol talabalar va 25 nafar talaba ishtirok etishdi.
     O’tkazilgan davra suhbatida quyidagi dolzarb masalalar ishtirokchilar o’rtasida atroflicha fikr-mulohazalar asosida o’rganilib, muhokama qilindi.
1. Bugungi kunda institutda Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti faoliyati to’g’risida.
2. Talabalarni iqtidorli, salohiyatli qilib tarbiyalashda Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti faoliyatlarining o’rni to’g’risida.
3. Institut Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish dolzarb vazifa to’g’risida.
4. Institut Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish bo’yicha bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar to’g’risida.
     Davra suhbatini institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektor v.b. Yu.Salimov kirish so’zi bilan ochdi va tadbir to’g’risida so’zladi va tadbir o’tkazish bo’yicha ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan so’ng ishtirokchilar birin-ketin so’zga chiqdi.
   Institut Kasaba uyushmasining  raisi A.Xosilbekov so’zga chiqib, bugungi  kunda Samarqand qishloq ho’jaligi instituti boshqa institutlardan ajralib turishi  bilan aytish mumkinki, institut rektori professor Ostanaqulov T. 2012-yilni misol tariqasida olganimizda har bir bayramlarda “nogiron va kam ta’minlangan ta’labalar” ga institutimizdan moddiy yordam va  xo’jaligidan asal berilishi yoki bo’lmasa 1- oktyabr o’qituvchilar kunida 300-nafar o’qituvchilar pul bilan rag’batlantirilganligi va arzon narxda go’sht maxsulotlari bilan ta’minlanganligi  va 2013-yilda  bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar.
      Xotin-qizlar qo’mitasi yetakchisi M. Norboyeva  so’zga chiqib, talaba qizlarga tushuntirish ishlari olib borilayotganligi aytib o’tdi  va 2013 yilda ham to’garaklar ochib iqtidorli qizlarni saralab olish  ishlari olib borilayotganligi keltirib o’z fikrlarini bildirdilar.
     Institut “Kamolot” YoIH boshlanhich tashkiloti yetakchisi B.Xamzayev yoshlarning tayanchi va suyanchi bo’lgan “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti faoliyatini jonlantirish masalalari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida to’xtalib, bu masalani xal etishda butun jamoa bir bo’lib birgalikda ishlashi kerakligini, shundagina ko’zlangan samaraga erishish mumkinligini ta’kidlab o’tdi.
      “Kamolot” YoIH yetakchilaridan J. Hamroyev, Do’stmurodov Samiddin, Sharifov Kamol  o’z fikr va mulohazalarini aytib o’tdilar.
      Davra suhbati so’ngida ishtirokchilar tomonidan  berilgan savollarga atroflicha  javoblar berildi. Davra suhbati ishtirokchilari o’zlari qiziqtirgan barcha savollarga  javob oldilar.

B.Xamzayev

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.