• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Ommaviy madaniyat - ommaviy inqiroz  
Wednesday, 29 January 2020
Ommaviy madaniyat - ommaviy inqiroz

“Ommaviy madaniyat - ommaviy inqiroz”

      Samarqand qishloq xo’jalik institutida 25 yanvar kuni “ommaviy madaniyat – ommaviy inqiroz mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminar-trening bevosita institut Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan birgalikda “Kamolot” YoIH  boshlang’ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan tashkillashtirilib, Samarqand viloyat, shahar “Kamolot” YoIH bo’limlaridan Usmonov Mexroj, Bekqulov Dilshod, viloyat diniy idoralardan vakil, mahalla fuqarolar yig’inidan vakil, qolaversa institut xotin-qizlar qo’mitasi va kasaba uyushmasidan vakillar va 60 ta talaba ishtirokida o’tkazildi. O’tkazilgan seminar-treningda quyidagi dolzarb masalalar vakillar va talabalar o’rtasida atroflicha savol-javob asosida o’rganilib, muhokama qilindi.
1. “Ommaviy madaniyat – ommaviy inqiroz” mavzusi bugungi kunning dolzarb masalasi  sifatida vakillarning ma’lumotlar to’g’risida.
2. “Ommaviy madaniyat - ommaviy inqiroz” to’g’risida hozirgi kunda talaba yoshlarimizning fikri va chet-el mamlakatlardan kirib kelayotgan urf-odatlarini taqlid qilib borayotgan yoshlar to’g’risida.
3. Ommaviy madaniyat ko’r-ko’rona yoshlarimiz tomonidan o’zlashtirilishi va bu kelajak yoshlarimizning xayotiga inqirozli ta’siri to’g’risida.
4. Ommaviy madaniyat – ommaviy inqirozning oldini olish borasidagi ko’tarilgan fikr-mulohazalar muhokamasi to’g’risida.
    Seminar-treningda kutarilgan masalalar bo’yicha seminar-trening tashkilotchilari, vakillar va ishtirokchilardan quyidagilar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
    Seminar-treningni institut  ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor vazifasini bajaruvchi Yu.Salimov kirish so’zi bilan ochdi va “Ommaviy inqiroz - ommaviy inqiroz” nomli seminar-treningni o’tkazish bo’yicha ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan so’ng talabalarga oimmaviy madaniyat to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tanishtirish uchun,
      Samarqand viloyat “Kamolot” YoIH yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo’limi mutaxassisi M.Usmonov so’zga chiqib, ommaviy madaniyat va uning tarkibiy qismlari, vujudga kelish va shakllanish davrlari to’g’risida to’xtalib, Avliyo Valentin kuni, Xijob va turli xildagi kiyinishlar, mashhurlarga ergashish, sig’inish kasalligi kabi ommaviy tarzda tus olayotgan odatlar xususida gapirdi. M.Usmonov so’zini davom ettirib, hammamizga sir emas, rivojlanish, taraqqiyot sari odimlanayotgan har bir jamiyatga zamonaviy jamiyatlarga xos bo’lgan madaniyat namunalari, turli qarash va ko’rinishlar, xarakat va taqlidlar, bir so’z bilan aytganda azaliy urf-odatlarga, qadriyatlarga butunlay javob bermaydigan, yot qadriyatlar, shu jamiyatga mos kelmaydigan madaniyat ko’rinishlari chegara bilmasdan kirib kelaveradi. Ushbu so’zlarni yanada boyitib,  

     Samarqand shahar  “Kamolot” YoIH bosh mutaxassisi D.Bekqulov  munozara uchun quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi. Bugungi kunda respublikamiz talaba yoshlarimizning ma’naviyati, madaniyati va dunyoqarashiga ommaviy madaniyat ta’sir etmasdan qolmayapdi. Ayrim talabalarimiz orasida zamon bilan hamnafas yashash lozim degan qarash va fikrlar yuzaga kelmoqda.   Fikrini oxirida boshqa millatlarga taqlid qilmaslikni, o’zimizni urf-odatlarimizni qadrlay bilishni ta’kidlab o’tdi.
     Muzokora uchun so’zga  “Kamolot” YoIX boshlang’ich yetakchisi B. Hamzayev chiqib, hozirgi kunda Ommaviy madaniyat deganda halqimizni, yoshlarimizni o’zligini urf-odatlarni, ongini-tafakkurini, ma’naviyatini, madaniyatini va dunyoqarashlarini  yanada kengaytirish bahonasida, aslida bachkana va beo’xshov xatti-xarakatlar ko’rinishida yuz berayotganligi to’g’risida to’xtalib o’tdi va shu bilan birga bu masalani keng yoritish, ommaga to’g’ri va haqqoniy yetkazib berish uchun targ’ibot-tashviqot ya’ni “ommaviy axborot” ishlarini  yo’lga qo’yilishi  lozimligitni ta’kidlab o’tdi. 
      “Ommaviy inqiroz va ommaviy inqiroz” mavzusi bo’yicha “Kamolot” YoIX fakul’tet boshlang’ich yetakchilari va talabalar ham  o’z-fikri va mulohazalarini aytib o’tdilar.
      Seminar-trening so’ngida vakillar tomonidan  “Ommaviy inqiroz va ommaviy inqiroz”  mavzularida slaydlar  va videofil’mlar ko’rsatildi.
Seminar-trening ishtirokchilari o’zlari qiziqtirgan barcha savollarga  javob oldilar.      

 B. Hamzayev

 

 


  

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.