• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Talabalar ortasida yol harakati qoidalariga rioya qilish  
Wednesday, 29 January 2020
Talabalar ortasida yol harakati qoidalariga rioya qilish

Talabalar o’rtasida yo’l harakati qoidalariga rioya qilish

   12-dekabr kuni institutning kichik majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi Davlat Yo’l xarakati xavfsizligi  boshqarmasining viloyatdagi Oliy o’quv yurtlari va maktab, lisey va kollej o’quvchilariga yo’l transport xodisalarni oldini olish va yo’llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash  to’g’risidagmi fikrlar muhokama etildi.
Yig’ilishda Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Yu.Salimov so’zga chiqib, talabalarga yo’l harakati qoidalariga rioya qilish hamda shaxsiy transport vositalarining institutning hovlisida va atrofida tartibsiz qo’yilishini oldini olish bo’yicha fikrlarini bildirdi. 
     Shundan so’ng Samarqand viloyat  yo’l harakat xavfsizligi boshqarmasining hodimi podpolkovnik F.Karimov o’z ma’ruzasida insonlar qadimdan yo’l yurishda  ma’lum qoida va me’yorlarga rioya qilishga intilib kelgan. Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish haqida O’zbekiston Respublikasi  Qonuni qabul  qilindi  hamda  2011 yilning  27 aprel  kunidan  rasman  kuchga  kirdi. Bu  ham o’z  navbatida, Yurtimizda yo’l  harakati  xavfsizligini ta’minlash maqsadida  keskin choralar ko’rish yo’lida qo’yilgan  qadam  bo’ldi. Ammo  bularning  barchasi  mummoni  hal  qilishga   qaratilgan tashqi omil vazifasini o’tashi hyech kimga  sir  emas. Albatta, bunday chora-tadbirlarning ahamiyati katta.  Biroq bunday muammolarni bartaraf etishda ichki  omilning – mafkuraviy choralarning ham muhim o’rni  borligini  aytib o’tdilar.
          Jumladan,   Samarqand viloyat Avtomobil xavaskorlar jamosi o’quv ishlari bo’yicha muovini E.Emiraliyev ham  so’zga chiqib ma’ruza  davomida o’z fikr  mulohazalarini bildirgan xolda yo’l transport hodisalarini oldini  olish  faqatgina Davlat  yo’l  harakati  xavfsizligi xizmati  xodimlarning vazifasi  bo’libgina qolmasdan, hamma uchun  ta’luqlidir.     Avtosaroylarda, o’quv  muassasalarida,  mahallalarda  yo’l  harakati  qoidalarini  o’rgatish,  targ’ibot  qilish,  qoidabuzarlarni  muxokama etish  ishlarining talab  darajasida  olib  borilishi  ham  bu  borada  katta  samara  berishini ta’kidladi.
         Ma’ruzachilar halqimiz   “Yo’l  qoidasi - umir  foydasi!” deb  bekorga  aytmagan. Shu  bois  Davlat  Yo’l Harakati Xavfsizligi Xizmati  xodimlari talabalardan  yo’l harakati  qoidalariga  qat’iy  ravishda rioya  qilishlarini so’radilar.

  

Yu.Salimov

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.