• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Bizning mentalitetimizga yot bolgan tasirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini osh  
Wednesday, 29 January 2020
Bizning mentalitetimizga yot bolgan tasirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini osh

Bizning mentalitetimizga yot bo’lgan ta’sirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini oshirish.

        21-noyabr kuni institutning katta majlislar zalida  “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining 10-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Yozuvchilar uyushmasi” Samarqand viloyat bo’limi bilan hamkorlikda «Bizning mentalitetimizga yot bo’lgan ta’sirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini oshirish» mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi “Yozuvchilar uyushmasi” a’zosi Olqar Damin, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Yu.Salimov, fakultet dekanlari jami 420 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Olqar Damin so’zga chiqib, ma’ruzachi o’z ma’ruzasi orqali quyidagi fikrlarni talaba yoshlarga tushuntirib berdi: O’zbekistonda shakllanayotgan xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati o’ta murakkab va mashaqqatli siyosiy jarayonga asoslangandir. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan qolgan salbiy meros demokratik o’zgarishlarga qarshilik ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan dunyoviy taraqqiyot yo’liga raxna solib, uni izdan chiqarish va diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqdalar. Bu “ayrim siyosiy kuchlar” diniy ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchilari va bajaruvchilari bo’lib, ular nopok siyosiy maqsadlari yo’lida inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy qadriyati- dindan foydalanishga urinmoqdalar. Bu xavfni nazarda tutib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Biz xalqimizning hoxish-irodasi bilan tanlangan o’z yo’limizda qat’iymiz: ya’ni O’zbekiston aqidaparastlikning-u hoh diniy, hoh kommunistik shaklda bo’lsin-har qanday ko’rinishlariga qarshimiz”, deb ta’kidlaydi.

           1999 yilning 16 fevralida Toshkent shahrida terroristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan boshlab terrorizm muammosi O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga tahdid soluvchi asosiy xavf-xatarlardan biriga aylandi. Chunki teokratik davlat qurish ilinjida bo’lgan terrorchilar jamiyatimiz siyosiy texnologiyasidagi zaif nuqtalardan o’z g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanmoqchi bo’ldilar.

      Dindagi muqaddas aqidalarni niqob qilib olgan terrorchilik tashkilotlari va totalitar sektalar boshqa dinlarga e’tiqod qilinadigan mintaqalarda ham uchraydi. Masalan, chorak asrdan buyon xristian dinidagi katolik va protestant yo’nalishlari o’rtasida davom etib kelayotgan terroristik, ekstremistik xarakatlar “Irlandiya Res¬publika Armiyasi” nomli terrorchi tashkilot faoliyatida, Yaponiyadagi sintoizm dini mazxablaridan biri - “Aum Senrikyo” harakatlarida, 1990 yillarda Ukrainada qator jinoyatlar sodir etgan “Oq birodarlik” nomli diniy mazxab faoliyatida, Shri Lankadagi buddizm diniga mansub “Ilay Lamani ozod qilish yo’lbarslari” kabi terrorchi tashkilotlarining hatti-harakatlarida ham yaqqol kuzatish mumkin. Hususan, Andijondagi terrorchilik harakatlari tashqi buzg’unchi kuchlar tomonidan O’zbekistonning mustaqil siyosatiga, uning milliy manfaatlariga qarshi puxta rejalashtirilgan va tashkil etilgan xuruj bo’lib, mavjud konstitusiyaviy tuzumni o’zgartirish va bu kuchlarning geosiyosiy manfaatlariga to’liq javob beradigan islom davlatini tuzishga qaratilganligini yana bir bor isbotladi. 2004 yil avgust oyidan boshlab bu buzgunchi kuchlar “Turkiston islomiy xarakati”, “Xizb-ut-taxrir” va uning oqimlaridan biri bo’lgan “Akromiylar” xalqaro terrorchilik va diniy-ekstremistik tashkilotlarini jalb qilgan holda, 2005 yil may oyida xokimiyatni egallash va konstitusiyaviy tuzumni ag’darish maqsadida O’zbekistonda terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan. Ushbu jinoiy guruhlar Farg’ona vodiysi (O’zbekiston Respublikasining Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari, Tojikiston Respublikasining Xo’jand viloyati, Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlari) ni o’z ichiga olgan alohida chegaralangan hududda islom davlati qurish rejasini amalga oshirmoqchi bo’lishgan. Shu munosabat bilan “Turkiston islom xarakati” xalqaro terroristik tashkilotining raxbari Toxir Yo’ldoshev o’z vakillari orqali Rossiya Federasiyasining Ivanovo shahrida faoliyat yuritayotgan jinoiy uyushma a’zosi K.Qosimxo’jayevga qurol-yarog’ sotib olish uchun 200 ming AQSh dollari bergan. O’z navbatida, K.Qosimxo’jayev ushbu valyuta mablag’larini bojxona nazoratini chetlab aylanma yo’llar bilan O’zbekistonga olib kirib, jinoiy uyushma a’zosi J.Usmonovga topshirgan.

    Ular tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik xarakatlari oqibatida begunoh insonlar halok bo’ldi.

    O’zbekiston hukumati va xuquqni muhofaza qilish organlari tegishli choralarni ko’rib, mamlakatimizda va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo’lida jinoyatchilar, ularning xorijdagi rahnamolari va xomiylarining yovuz rejalarini barbod qildi.

   Yig’ilish so’ngida talabalarning qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar javob berishdi hamda “Tinchlik” nomli film namoyish etildi. 

    Tadbirda 420 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.


 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.