• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Chairs arrow The chair of humanistic sciences  
Friday, 24 January 2020
The chair of humanistic sciences

Gumanitar fanlar kafedrasi

 Dilshod Aberkulov
tarix fanlari nomzodi, kafedra mudiri

ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77.  140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel:+998662343360
Fax: +998662340786
Qabul kunlari:
Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

       Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Gumanitar fanlar” kafedrasi 2004 yilda tashkil etilgan.
          1929-yildan boshlab institutning birinchi rektori, falsafa fanlari doktori, professor V.V.Makaveev falsafa fani bo‘yicha talabalarga ma’ruza darslarini o‘qigan. V.V.Makaveev  institut rektori vazifasini bajarish bilan birga falsafa kafedrasini ham boshqargan. Keyinchalik falsafa fani bo‘yicha ma’ruza darslarini professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining vitse-prezidenti I.M.Mo‘minov, A.D.Rodshild va A.X.Mozitovlar o‘qishgan.
           Bu davrda kafedra “Sotsial-iqtisodiy fanlar” kafedrasi  deb nomlangan. 1965-yilda “Falsafa” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida tashkil topdi.
           “Falsafa” kafedrasini ko‘p yillar dotsent M.M.Axmedov  boshqardi. Oxirgi  yillarda kafedraning nomi bir necha bor o‘zgarib “Falsafa va ilmiy  kommunizm” “Ijtimoiy fanlar”, “Falsafa  va  siyosatshunoslik” nomlari bilan ataldi. 1987 yilda esa institutda faoliyat ko‘rsatayotgan uchta ijtimoiy siyosiy fanlar kafedralari  birlashtirilib,  yagona “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga  aylantirildi. Kafedra sobiq siyosiy  iqtisod  va partiya  tarixi kafedrasi sifatida  ham faoliyat ko‘rsatib, kafedraga  dastlab tarix fanlari doktori, professor N.A.Aberqulov, tarix fanlari  doktori, professor A.Abdusattorovlar boshchilik qildilar. Mazkur jamoada tarix fanlari nomzodlari dotsentlar H.I.Isaev,  S.S.Sobirov,  P.N.SHmatkov, A.R.Ro‘zimurodov, I.Jumanov, N.Ahmedov, S.YAhyoevlar faoliyat ko‘rsatganlar.
            Kafedra jamoasi institut ijtimoiy - siyosiy hayotida salmoqli ishlarni amalga oshirib keldilar.
          1996-yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bazasida ikkita “Iqtisodiyot nazariyasi va O‘zbekiston tarixi” hamda “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedralari tashkil topdi.
          Mazkur kafedralarda turli yillarda mamlakatimizning mashhur olimlari I.M.Mo‘minov, A.M.Aminov, A.G.Svetlichniy, A.Usmonov, S.Axtamov, S.A.Sodiqov, N.Naimov, SH.Sulaymonnov, A.D.Rodshild, O.E.Qodirqulov, M.Mallaev, A.G‘.G‘oipov, Q.YA.YArboboev, X.X.Siddiqov, R.Mamadiev, E.Xadjiev, T.Saidqulovlar ishlab keldilar.
          “Iqtisodiyot nazariyasi va o‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1997-yilgacha iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Haitov boshchilik qildi. Undan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida S.Nazarov, X.Normurodov, O.Turg‘unboevlar ishlab keldilar.
“Falsafa va huquq” kafedrasiga 1997-yilgacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.Sattorov boshchilik qildi. Undan keyingi yillarda kafedraga siyosiy fanlar doktori, professor J.Baxronov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.G‘aybullaev, yuridik fanlari nomzodi  T.Jabborovlar mudirlik qilib keldilar. 
         2004-yil oktyabrda “Falsafa va  huquq” hamda “O‘zbekiston tarixi va taraqqiyot nazariyasi” kafedralari birlashtirilib, “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudirligi lavozimiga falsafa fanlari nomzodi L.Jamolov saylanib 2012-yilga qadar  kafedrani boshqardi.
         Hozirgi kunda  kafedrani tarix  fanlari nomzodi D.N.Aberqulov boshqarib kelmoqda.
        Hozirgi vaqtda kafedrada 9 ta fan nomzodi bo’lib shundan, 5 ta dosent, 3 ta katta o'qituvchi va 14 ta o’qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda.

    MODDIY-TEXNIK  BAZA

          Kafedrada 1 ta laborantlar xonasi, 1 ta kutubxona,  1 ta talabalarning mustaqil ishlash xonas,  10  ta o’qituvchilar xonasi, 9 ta o’quv xonasi hamda 1 ta katta auditoriya bor bo’lib kerakli o’uv jihozlari o’rnatilgan. Kafedrada 2 ta kompyutor, 1 ta noutbok, 1 ta printer hamda 1 dona proyektor bilan ta’minlangan bo’lib, tashkiliy va o’quv jarayonlarida foydalanilmoqda.

O’QUV-USLUBIY IShLAR

          Har yili kafedrada bakalaviatura va magistratura bosqichlari uchun 10 fandan o’quv uslubiy  ishlanmalar, ishchi dasturlar, uslubiy ko’rsatmalar, ma’ruzalar,  o’quv qo’llanmalar tayyorlanadi. 2007-2014-yilda umuman 80 dan ortiq o’quv uslubiy  ishlanmalar tayyorlangan.

ILMIY-TADQIQOT IShLARI

         Hozirga kunda kafedra o’qituvchilari o’z mavzulari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda, turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda o’z maqolalari bilan ishtirok etmoqda

HUDUDLARGA ILMIY-AMALIY YORDAM

         Respublika Oliy ta’lim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda institut rektori topshirig’i bilan Kafedra xodimlari vazirlar mahkamasi va viloyat maxsus guruhlari tarkibida faoliyat ko’rsatadilar. Har yili televideniye va ro’znomalarda 10 dan ortiq maqola va chiqishlar qiladilar. Viloyatdagi turli tashkilotlarda, o’quv muassasalarida shu bilan birga Samarqand viloyatidagi chekka-chekka qishloqlardagi mahallalarda turli ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot-tashviqot ishlarini reja asosida olib bormoqda. Kafedra o’qituvchilari o’z malakalarini  tayanch oliy o’quv yurtlarida bosqichma-bosqich oshirmoqda.

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

        Kafedra ilmiy, ilmiy-uslubiy  yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Samarqand Davlat universiteti, Toshkent Davlat agrar  universiteti,  Samarqand Davlat me’morchiliq qurilish institutlari bilan mustahkam aloqada faoliyat olib  bormoqda.

KAFEDRADA MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR QUYIDAGI YO’NALIShLARDA OLIB BORILMOQDA:

         • Ustoz-shogird» tizimi doirasida;
         • Talabalar turar joylarida o’tkaziladigan uchrashuv va tadbirlar;
         • Institut miqyosida hamda tuman (shahar)lardaga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda;
        • Respublikamiz xayotida sodir bo’layotgan muxim voqyealarni (Prezident nutqlari, sessiya materiallari va boshqalar) talabalarga tushuntirish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlar;
         • Institut va fakultet miqyosida o’tkazilib kelinayotgan  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish.

KAFEDRANING ISTIQBOLDAGI REJALARI

          1. Asosiy kurslar bo’yicha davlat tilidagi darslik va o’quv qo’llanmalar yozishni yo’lga qo’yish;
         2. O’zbekiston tarixi, SamDU axborotnomasi, O’zMU xabarlari kabi ilmiy jurnali xayati bilan xamkorlikda uslubiy va kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish;
         3. Kafedra yo’nalishlari bo’yicha 2012-2015-yillarda Xalqaro miqyosda va respublika doirasida ilmiy anjumanlarda ishtirok etish;
         4. Ilmiy tadqiqotlarni samaradorligini oshirish;  
         5. Iqtidorli talabalarni kafedraga faol jalb qilish va ular bilan samarali shug’ullanish.

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.