• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Ozbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tanlov.  
Wednesday, 29 January 2020
Ozbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tanlov.
O’zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tanlov.

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

                                                                               1999 - yil  «10» iyundagi

  PF-2326 son Farmoniga

1 -ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to'g'risida

NIZOM

1.  Uzbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, lisey, kollej va oliy o'quv yurtlarida a'lo xulqi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yulida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim soxalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuklari uchun beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga jami 14 ta beriladi,

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarning so'ngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi. alohida yutuklari uchun taqdim etiladi.

Xujjatlarni taqdim ztish va rasmiylashtirish tartibi respublika xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi

3.    Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga takdim etish to'g'risidagi qarorlar vazirliklar, davlat qo'mitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari  tomonidan kabul qilinadi.

Ijodiy, ilmiy va ta'lim muassasalari yuqorida kayd etilgan tashkilotlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod ko'rsatish bo'yicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgai ishlarga doyr o'z fikr-mulohazalarini mukofot komissiyasiga ma'lum qilish   huquqiga egadirlar.

4.   Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati va asarlari muhokamasi tashkil qilish, shuningdek, zarur materiallarni o'z vaqtida takdim etish te) ishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy >toshmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.

Ko'rsatib o'tilgan talablar bajarilmagan taqdirda komissiya ishlarni ko'rib chiqishni rad etishi mumkin.

5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlariniPberishga doyr takliflar to'g'risidagi qaror komissiya tarkibining kamida uchdan ikki kismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

6.   Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni ko'krakning o'ng tomoniga taqiladi.

7.   Uzbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.

 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi ishchi guruxlarining

NIZOMI

 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi mukofotga taqdim etilgan tal ab gorl ar faoliyati, asarlarini o'rganish va taxdil kilish uchun sohalar bo'yicha ishchi guruhini tashkil etadi.

Ishchi guruhi maslahat organi hisoblanadi va tavsiyanoma ishlab chikadi. Ishlab chikilgan tavsiyanoma komissiya yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Ishchi guruhi a'zoligiga komissiyaning shu sohalar bo'yicha mutaxassislari,  shuningdek, adabiyot, sanat,   madaniyat   va   ta'lim   sohalari   bo'yicha   atokli   arboblar,   olimlar,   yirik   mutaxassislar kiritiladilar.

Tartibga ko'ra ishchi guruhi a'zolari har 4 yilda 2-3 kishigacha yangilanadi, Ishchi guruhiga komissiya rahbarlik kiladi.

Agar ishchi guruxi a'zosi mukofotga da'vogar bo'lsa, u guruh faoliyatida ishtirok etmaydi.

Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati, ularning asarlari atroflicha va hakkoniy muhokama etiladi. Har bir nomzod bo'yicha ishchi guruhi tomonidan chikarilgan xulosa va yakuniy fikr Zulfiya nomidagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofoti Nizomiga muvofik bo'lishi shart.

Zulfiya nomidagi O'zbekiston   Respublikasining davlat mukofoti: maktab, lisey, kollej va oliy o'quv yurtlarida a'lo xulki, o'kishdagi muvaffakiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan yorkin iste'dodini namoyon kilib ta'lim olayotgan, istiklol goyalarini amalga oshirish yulida astoydil mehnat kilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iktidorli qizlarga adabiyot, san'at, madaniyat, fan va ta'lim ssxdlaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi katta yutuklari uchun beriladi.

Ishchi guruhi o'z yig'ilishiga mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va asarlari yuzasidan ko'shimcha ma'lumot olish uchun vazirliklar, davlat ko'mitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari vakillarini taklif etishi mumkin. Taklif etilganlar ishni muhokama qilish jarayonida katnashmaydilar.

Ish ikki boskichda ko'rib chiqiladi. Birinchi boskichda tanlovda katnashish uchun nomzodlar va ularning ishlari tanlab olinadi. Ikkinchi boskichda mukofotga loyik deb topilgan nomzodlar aniqlanadi. Birinchi boskich kengashida qabul qilib olingan barcha ishlarga tegishli xujjat va arizalar muhokama qilinadi va yopiq ovoz berish yo'li bilan kerakli tavsiyanomalar tasdiqlanadi.

Eslatma: 1. Ishchi guruhi kvorumini aniklashda uning xorijiy safarda bo'lgan a'zosi hisobga olinmaydi.

2. Ishni tanlovga tavsiya etilganda ishchi guruhi a'zolarining uchdan ikki kiyem i ovoz olgan bo'lishi shart

Komissiyaning (tanlovda katnashish uchun ishlar tanlab olishga bagishlangan) birinchi yigilishida komissiyaning mas'ul kotibi barcha talablarga amal kilgan xolda yigilish bayonnomasini rasmiylashtiradi. Bayonnomzda taqrizchilarning kiska xulosasi, tanlovga katnashishga ko'yilmagan ishlar yuzasidan ishchi guruhining qarori, ishchi guruxda ovoz berish natijalari kayd etiladi.

Komissiya karoridan keyin ishchi guruxi zarur bo'lgan hollarda ishni ko'shimcha takrizga berishi va o'kuv muassasalaridan ko'shimcha ma'lumotlarni olishi mumkin.

Ish jamoatchilik muxokamasidan o'tgandan keyin komissiya faoliyatining ikkinchi boskichi boshlanadi.

Mas'ul kotib ishchi guruxi raxbari bilan birgalikda tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati to'g'risida, zarurat tug'ilgan hollarda, qo'shimcha ma'lumotlar to'playdi, tavsiya etilgan asarlarni oldindan ko'rib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun pul to'lash yo'li bilan mutaxassis - ekspertlarni gaklif etadi. Davlat mukofotini olishga tavsiya etilgan talabgorlarning ibratli faoliyatlari va ijodiy ishlariga doyr materiallarni tegishli tashkilotlarga        ekspertlarning ko'rib chiqishi uchun yuboradi.

Shuningdek, mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va ijodi bilan joylarda tanishish uchun komissiya a'zolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qorakashyug'iston Respublikasi va viloyatlarga yuboradi.

Shundan keyin ishchi guruxi ish yuzasidan matbuotda e'lon kilingan maqolalar (takrizlar) natijasiga ko'ra komissiyada to'plangan materiallar asosida komissiyaning yakuniy majlisini o'tkazadi. Komissiya yashirin ovoz berish yo'li bilan tanlovda katnashgan ishlardan eng saralarini (ishchi guruxi ja'mi a'zolari turtdan uch kismining ovozini olganlarini) Davlat mukofoti uchun tanlab oladi.

O'zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi

Davlat mukofotiga takdim etish

YO'RIQNOMAS I

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, lisey, kollej va oliy o'kuv yurtlarida ta'lim olayotgan, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda xizmat qilayotgan, a'lo xulqi, oliyjanob insoniy fazilatlari, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari, yorkin iste'dodini namoyish qilishi bilan birga istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, san'at, madaniyat, fan va ta'lim soxalarida erishgai katta yutuqlari uchun beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar o'zining vatanparvarligi, siyosiy - ijtimoiy va ma'naviy yetukligi (Prezidentimiz asarlari, mamlakatimizning ichki va tashki siyosati xakida, istiklol mafkurasi asosida erkin fikr yurita bilishi), Vatanimiz tarixi, milliy allomalarimiz va jaxon madaniyati merosini yaxshi egallaganligi bilan ajralib turishi lozim.

2.. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarining asarlariga kuyiladigan umumiy talablar:

nomzodning ilmiy-ijodiy ishlari o'zining yangiligi, ilmiy- amaliy axamiyati, badiiy kimmati bilan aloxida ajralib turishi, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirii.1, mustakillik g'oyalarini amalga oshirish, jamiyatimizda olib borilayotgan ijtimoiy. iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy isloxotlar moxiyatini ochish, mamlakatimizdagi ijtimoiy va madaniy xayotni yanada yaxshilash masalalarini xal etish ga qaratilgan bulishi lozim;

tavsiya etilayotgan ishlarni baxolashda ularning Vatanimiz yoki chet ellarda chop etilganligi, yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baxolanganligi, jamoatchilik tomonidan e'tirof etilganligi inobatga olinishi lozim.Shu jumladan:

Adabiyot soxasida: barcha janrlar bo'yicha mukofotga tavsiya etilayotgan asarlar goyaviy- badiiy jixatdan yuksak bulishi, muallif dunyoqarashining o'ziga xosligi, bugungi vokelikda ro'y berayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlarni tasdiqlashga qaratilganligi, shuningdek, original badiiy - estetik izlanishlari bilan ajralib turishi kerak.

San'at soxasida: nomzodning badiiy, ilmiy, ijodiy asari (rassom, xaykaltarosh, amaliy bezak ustasi, dizayner, bastakor yaratgan badiiy asar, san'atshunos, me'morchilik loyixasi, aktyor yaratgan rollar, nomerlar, rake va tomosha san'atining barcha turlari, teleko'rsatuv, radioeshittirishlar va x. k.) dolzarb muammoga bagishlangan yuksak maxorat bilan ijro etilgan, tanlangan soxada yangilik kashf etish darajasida bulishi xamda qadriyatlarni mustaxkamlanishiga xizmat qilishi kerak;

Badiyy asar, ijrochilik, kino, teatr, tomosha, raqs soxasidagi ishlar yoki san'atshunoslik ilmiy ishlarni baxolashda ularning Vatanimiz yoki chet ellarda chop pilganligi, ko'rgazmalarda namoyish etilganligi, uzbek va jaxon xalqlarining tarixiy obrazlarini betakror maxorat bilan ijro etilganligi inobatga olinishi lozim. Shuningdek, amaliyotchi ijodkorlardan 2 ta taqriz (soxasiga karab) bulishi lozim. Takrizda mukofotga ko'yilgan asarning amaliy axamiyati, yangiligi va dolzarbligi o'z aksini topishi kerak.

     Jumladan:

Teatr, kino va televideniye uchun yaratilgan asarlar soxasida: barcha janrlarda yaratilgan asarlar, ijro etilgan rollar yuksak badiiy darajada yaratilishi; mustakillik goyalarini aks ettirishi, yoshlarni Vatanga sadokat ruxida tarbiyalashga xizmat kilishi xamda jamoatchilik e'tirofiga sazovor bulishi lozim.

Tasviriy, amaliy, bezak, dizayn va me'morchilik san'ati soxasida:san'atning xamma turlari va janrlari bo'yicha mukofotga tavsiya etilayotgan asar goyaviy - badiiy jixatdan yetuk bulishi, muallif dunyokarashining uziga xosligi, uning vokelikka original badiiy estetik munosabati bilan ajralib turishi kerak.

San'atshunoslik bo'yicha:san'at tarixi, nazariyasi va badiiy tankidchilik borasidagi tavsiya etilgan asarlar, teleradiossenariilar, ijod yoki san'at turlari va janrlarining biror bir soxasining yetuk asarlari bulishi lozim.

Professional bastakorlik maxorati bo'yicha:kichik kamer asarlar, vokal, yirik simfonik asarlar, zamonaviy estrada ko'shiklari, kino yoki teatr uchun yozilgan musiqa, bolalar uchun qo'shiqlar takdim etilishi mumkin. Ular klavir yoki partitura notalari va video tasmalarga olingan xolatda komissiyaga takdim etiladi.

Professional konsert ijrochiligi buyicha: milliy - an'anaviy qo'shikchilik maxorati;

milliy zamonaviy estrada ko'shikchiligi maxorati;

milliy cholgularda (nay, dutor, rubob, doyra, chang va x.k.) professional ijrochilik maxorati;

garb cholgularida (pionino, skripka, alt, violonchel, fleyta) garb klassik va zamonaviy uzbek kompozitorlarining asarlarini ijro etish maxorati;

    raks san'ati maxorati.

Fan soxasida: takdim etilayotgan ish zamonaviy, ilmiy muammolarni xal etishga bagishlash an yoki xalqimizning ma'naviy merosini o'rganishga qaratilgan yangilik, kashfiyot, ilmiy ishlanma yoki ilmiy asar bulishi shart;

ishchi guruhi ikkinchi boskichda tanlangan ilmiy ishlarga uchta yetakchi mutaxassis - olimlarning taqrizlarini oladi;

ishning dolzarbligiga oid kuyidagi ko'rsatkichlar o'z aksini topgan bo'lishi lozim;

ilmiy kashfiyot, ishlanma yoki maqolaning nazariy qimmati;

asarning amaliy axamiyati;

ishlanmaning patentlashga layokatliligi;

ishlanmaning iqtisodiy samara berishi, ilmiy asoslanganligi;

san'atshunoslik yoki adabiyotshunoslik soxasidagi ilmiy ishlar;

kutubxonachilik soxasidagi ilmiy ishlar.

Ta'lim soxasida: a'lo xulqi, ma'naviy guzalligi va o'quv jarayonidagi kursatkichlari bilan barcha pedagogik jamoa xamda ota-onalar o'rtasida xurmat - e'tibor qozongan;

ta'lim, adabiyot va san'at soxasida aloxida iste'dodini namoyon qilgan (turli ko'rik-tanlovlar, viloyat, respublika va jaxon fan olimpiadalari katnashchilari, jurnalistika buyicha maqolalari, she'r yoki xikoyalari respublika, viloyat matbuotida bosilgan);

ma'naviy axloqiy jixatdan pok, vatanparvar, yuqori madaniy va ma'rifiy saviyaga eta bulgan, milliy urf - odatlarimiz va qadriyatlarimizni e'zozlagan, tariximizni esa yaxshi bilgan;

«O'zbekiston - Vatanim manim» G'oyasini madx etuvchi, bunyodkor, mexnatkash xalqimizny ulug'lovchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprogini asrab avaylash, zarur

bo'lsa jon fido qilishga undovchi g'oyalarni amalga oshirishda o'zining munosib xissasini qo'shib kelayotgan;

zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi xamda iste'dodini yana boshqa bir yunalish buyicha ko'rsata olgan bulishi lozim.

Madaniyat soxasida: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti madaniyat soxasidagi muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga jamoat ishlaridagi muvaffaqshplari, mustaqillik mafqurasini. istiklol g'oyalarini jamoatchilik o'rtasida targib kilish va amalga oshirish yulida astoydil mexnat kilayotganligi uchun xamda eliga, yurtiga sadoqati, farzandlariga mehr - muhabbati bilan boshqalardan ajralib turuvchi xotin - qizlarga beriladi.

mukofotga ommaviy sayl, festival va boshka tadbirlar ssenariylarini ishlab chiqqaya, madaniyat va istiroxat boglarida o'tkaziladigan tadbirlarni yuksak darajada tashkil etadigan shuningdek, xalq ijodiyoti va xunarmandchiligi rivojiga munosib xissasini qo'shib kelayotgan xotin-qizlar tavsiya qilinadi.

3. Tanlov o'tkazish bosqichlari:

1   bosqich (sentyabr)

maktablarda o'tkazilib, maktab pedagogika kengashlarining tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari tuman, shaxar, viloyat xalq ta'limi boshkarmalariga takdim etiladi;

Lisey va kollejlarda o'tkazilib, shu muassasalarning pedagogika kengashlari' tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari viloyat boshkarmalariga topshiriladi;

Oliy ukuv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o'tkazilib, shu o'quv yurtlari va muassasalari ilmiy kengashlari tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari viloyat komissiyalariga topshiriladi;

Korxona, tashkilot va boshka muassasalarda o'tkazilib, shu muassasalarning raxbar organlari tavsiyasiga binoan, tuman, shaxar, viloyat boshkarmalariga topshiriladi.

2 boich (oktyabr-noyabr)

Viloyat xalq ta'limi bo'limi, lisey va kollej boshkarmalari, oliy ukuv yurti, ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy kengashlari va viloyat boshkarmalari tavsiyalari asosida nomzodlarning ishlari viloyat komissiyasida ko'rib chikiladi;

Viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuklari yorktib boriladi: nomzodlarning ishlari viloyat komissiyalarida ko'rib chiqiladi va xar bir yunalish buyicha 1 tadan, jami 5 nomzod tanlab olinib, Respublika komissiyasiga takdim etiladi.

3 bosqich (dekabr-yanvar)

Respublika komissiyasi Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxridan takdim etilgan nomzodlarning ishlarini ko'rib chiqadi;

Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuklari yoritilib boriladi;

Respublika    komissiyasi    Qorakalporiston    Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxaridan bittadan nomzodni tanlab oladi va Vazirlar Maxkamasiga tavsiya etadi. 4.                                          

4.Xujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi: adabiy - badiiy, ilmiy ishlar qo'lyozmasi ikki nusxada, 50 saxifagacha bulgan xajmda, tasvirii san'at asarlari shu asarlardan olingan fotosuratlar shaklida, musiqa va ijrochilik ishlari esa. 20 minutdan kam bo'lmagan xamda audio yoki video tasmalarga yozilgan xolda takdim etiladi;

xorijiy tillarda chop etilgan asarlar uzbek tiliga tarjima qilingan xolda ko'rib chikiladi;

xar bir ish Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar komissiyalarining xulosalari va raxbar tashkilotlar karori bilan yuboriladi. Qarorda muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi, agar bUlsa, adabiy taxallusi, asarning nomi, qiskacha bayoni, keng jamoatchilik tomonidan e'tirof etilganligi xaqidagi ma'lumotlar,      mukofotga     takdim      etish      asoslari,      muxokama Qatnashchilarining

xulosadari ko'rsatilishi va qarorga matbuotda e'lon kilingan takrizlar ilova qilingan bulishi kerak;

qaror raislik kiluvchi va kotib tomonidan imzolangan bo'lib, raxbar tashkilot muxri bilan trsdiqlanadi;

Shuningdek, Respublika komissiyasiga quyidagi xujjatlar ham taqdim etiladi: yudning shaxsiy varaqasi, tarjimai xoli, 12x9 o'lchamdagi fotosuratlari va uz faoliyati davomida olgan rag'batnomalari ro'yxati;

doimiy o'kish yoki xizmat joyidan berilgan, mazkur tashkilot raxbari tomonidan imzolangan, muxr bilan tasdiqlangan ijodiy va ijtimoiy - siyosiy tavsifnoma; asar xaqida matbuotda e'lon kilingan taqriz va bildirilgan fikrlar.

5. Sovrindorlar ruy^ati ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi. Ularga mukofotlanganlik xaqidagi Diplom, ko'krak nishoni   (pul mukofoti nomzod takdim etilgan joyda beriladi) Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

6. Respublika komissiyasiga tavsiya etiladigan ishlar quyidagi manzilga junatilishi kerak: Navoiy ko'chasi 30 uy. O'zbekiston xotin- kizlar Qo'mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi.

 

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.