• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Suv resurslarini oqilona boshqarish va samarali foydalanish.  
Wednesday, 29 January 2020
Suv resurslarini oqilona boshqarish va samarali foydalanish.
“Suv resurslarini oqilona boshqarish va samarali foydalanish.
    O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida 30 yanvar 2009 yilda bo’lib o’tgan yig’ilish bayonnomasi asosida “Suv resurslarini oqilona boshqarish va samarali foydalanishni tashkil qilish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar” ishlab chiqilgan. Mavjud suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo’jaligini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida yig’ilish qaror qabul qildi. Qarorda tajribaga ega bo’lgan olim va mutaxassislarni jalb qilib o’z qarorlari bilan suv resurslarni hisobga olish, oqilona boshqarish, ularni iqtisod qilish va samarali foydalanish masalalari bo’yicha hududiy kengashlarni tashkil qilish hamda ularni faoliyatini moliyalashtirish manbalarini begilash, Qaraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga topshirilgan. Respublikada 2009 yilda kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha chora tadbirlar dasturining joylarda bajarilishini o’rganib borish va amaliy yordam ko’rsatish uchun Respublika Kengashi a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, 4 – ilovaga muvofiq biriktirilgan. Mazkur bayonnoma asosida Samarqand viloyati hokimligida 7 fevral 2009 yilda  yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi huzurida o’tkazilgan 2009 yil 30 yanvardagi 03-11-8 –sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash haqida  qo’shimcha chora tadbirlar qabul qilindi. Mazkur dasturni bajarishga oliy ta’lim muassasalari shu jumladan Samarqand qishloq xo’jaligi instituti rektori Sh.T.Xoliqulov boshchiligida bir guruh olimlar ham jalb qilindi. Dasturni begilangan muddatlarda, joylarda amalga oshirishga kirishildi va barcha ishchi guruhlar o’z faoliyatini boshlashdi.
 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.