• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Gifted students  
Monday, 09 December 2019
Iqtidorli talabalar
Iqtidorli talabalar

RUZIQULOV NURIDDIN BOLLIYEVICH
Iqtidorli talabalar bo'limi boshlig'i

                Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi institutda 1999 yilda tashkil etilgan.
                Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
              1.Talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash va tayyorlash;
              2.Talabalarni Respublika talabalar fan olimpidalariga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
              3.Tanlovlar, uchrashuvlar, festivallar va ommaviy tadbirlarga talabalarni tayyorlash.
              4.Talabalar o’rtasida ilmiy konferensiyalarni o’tkazish va boshqalar. 
              Iqtidorli talabalarni tanlash mezonlari institutda ishlab chiqilgan bo’lib, ular asosida talabalar tanlab olinadi.
              Institutda “Ustoz va shogird” tizimining ijobiy yo’lga qo’yilganligi natijasida 2012-2013 o’quv yilida 1 nafar talaba Prezident stipendiyasi (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi Umaraliyeva Gulsarvinoz), 2 nafari nomdor stipendiyalar (Agronomiya fakulteti 3 kurs talabasi Shamsiyev Anvar va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi Saydullayev Sheryor) sovrindori bo’lishdi. Shuningdek, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi Umaraliyeva Gulsarvinoz “Agar men deputat bo’lsam” Respublika tanlovi, 2-o’rin, Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti 2-kurs talabasi  Abduzoirova Durdona “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi g’olibi, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-kurs talabasi Botirov Alisher O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “Parlamentarizm bilimdoni” ON-LINE tanlovi g’oliblari bo’lishdi.

Iqtidorli talabalar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi.

           1. Chet tillarni o’rganishni takomillashtirish;
           2. Kompyuter texnologiyasi;
           3. Mutaxassislik fanlari.
           4. O’zbekiston tarixi va ma’naviyat asoslari.

Samarqand qishloq xo’jalik institutidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor Davlat stipendiyalar uchun o’tkazilgan tanlovlarda g’olib bo’lgan iqtidorli talabalar

PREZIDENT STIPENDIYASI SOVRINDORLARI

            Umaraliyeva Gulsarvinoz Yodgorovna 2012-yil Qishloq va suv xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha Prezident stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2009-2013 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutida fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. 2011 yilda  “Fond Forum” jamg’armasining “Yil ayoli”   loyihasida “Eng yosh va yaxshi tadbirkor”, Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvatlash Fondi tomonidan “Zamonaviy o’zbek qishloq ayoli” tanlovida “Eng yaxshi ishbilarmon ayol” nominasiyalari  bo’yicha sovrindor bo’lgan. Hindistonda bo’lib o’tgan yosh dizayner va tadbirkorlar ko’rgazma-konferensiyasida ishtirok etgan. 2012 yil dekabr oyida Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya Qo’mitasi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Parlamentda mening o’rnim” loyihasi doirasida “Agar men deputat bo’lsam”  ko’rik- tanlovida 2-o’rin sohibi bo’lgann. Umaraliyeva G. hozirda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasi 1-kursida tahsil olmoqda. 
            Shamsiyev Anvar Akbarovich 2013-yil Qishloq va suv xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha Prezident stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Dosent A.Hamzayev rahbarligida “Resurs tejovchi texnologiyalaridan foydalanib, arzon va sifatli dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugungi kungacha 9 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Shamsiyev Anvar 2012-yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2013 yilda institutda o’tkazilgan iqtidorli talabalarning ilmiy ishlar tanlovi g’olibi. 2013 yilda Xorazm viloyatida o’tkazilgan “Talabalar bahori – 2013” festivalida sertifikat bilan taqdirlangan. 2013 yilda Qarshi shahrida o’tkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar ko’rik-tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi. 2014 yil yanvar oyida Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya Qo’mitasi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Parlamentda mening o’rnim” loyihasi doirasida “Agar men deputat bo’lsam”  taqdimot tanlovida sertifikat bilan taqdirlangan. Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi.

BERUNIY DAVLAT STIPENDIYASI SOVRINDORLARI

            Jo’rayeva Sitora Latifovna 2010-yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2008-2012 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutida veterinariya (kasbiy ta’lim) ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. 11 dan ortiq maqolalari chop etilgan. Katta o’qituvchi M.Karimov rahbarligida “Itlarda o’smalarning ekologo-morfologik asoslanishi va ularni davolash” mavzusida ilmiy izlanshilar olib bormoqda.  Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti magistraturasi 2-bosqichida tahsil olmoqda.
Suyunova Zulfiya Baxtiyorovna 2011-yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2008-2012 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutida zootexniya (kasbiy ta’lim) ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. 2011 yilda institutda o’tkazilgan iqtidorli talabalarning ilmiy ishlar tanlovi g’olibi. Professor A.Qahhorov rahbarligida “Qora-ola zotli sigirlar sut mahsuldorligini yaxshilashda “qon singdirish” chatishtirishdan foydalanish”  mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugungi kungacha 11 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti magistraturasi 1-bosqichida tahsil olmoqda.
           Shamsiyev Anvar Akbarovich 2012-yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi. (Shamsiyev Anvar haqida ma’lumotlar yuqorida ilova qilingan).
Hayitov Akmal Baxtiyorovich 2013-yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Dosent M.Lukov rahbarligida “Moyli kungaboqarning geterozis duragaylarini yetishtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugungi kungacha 6 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chilik ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi.

NAVOIY NOMLI DAVLAT STIPENDIYASI SOVRINDORLARI

            Mamadiyarov San’atjon Saydullo o’g’li 2011-yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2009-2013 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutida iqtisod ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. Hozirda Toshkent Iqtisodiyot universiteti magistraturasi 1-bosqichida tahsil olmoqda.
Saydullayev Sheryorjon Nematilloyevich 2012-yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. 2009-2013 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutida buxgalteriya va audit ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. Hozirda Samarqand iqtisod va servis instituti magistraturasi 1-bosqichida tahsil olmoqda.
            Saydullayeva Fotima Jozilovna 2013- yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Dosent  I.G’aniyev rahbarligida  “Oziq-ovqat xavfsizligi parametrlarini asosalash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugungi kungacha 5 ta maqolalar muallifi. Yevropa Itifoqi “Erasmus mundus” yeAstana” loyihasi grantini yutib 10 oy Polshada Varshava  texnologiya universitetida ta’lim olgan. Hozirda Samarqand qishloq xo’jalik instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-bosqich talabasi

Talabalarni Respublika talabalar fan olimpidalariga tayyorlash

Tanlovlar, uchrashuvlar, festivallar va ommaviy tadbirlarga talabalarni tayyorlash.

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.