• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Faculties arrow Agronomical faculty  
Sunday, 26 January 2020
Agronomical faculty
 NORMURODOV DAVLAT SOYIBNAZAROVICH
Qishloq xo'jalik fanlari nomzodi, dotsent fakultet dekani
ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662344506
Fax: (8366) 2340786
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

Agronomiya fakulteti 1929-yilda Samarqand qishloq xo’jalik  instituti tashkil topishi bilan ochilgan fakultetlardan hisoblanadi. Dastlab fakultetda «G‘allachilik agronomlari», «Sholichilik agronomlari», «Mevachilik agronomlari» tayyorlangan.Lekin qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga umumiy yo’nalishidagi agronomlar talab qilinganligini hisobga olib, 1940-yildan buyon faqat dalachilik agronomlari tayyorlana boshlandi.
O’tgan 80 yildan ziyod davr davomida fakultetda 16 mingdan ortiq agronomlar tayyorlanib, ishlab chiqarishga yuborilgan. Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakulteti bitiruvchilari orasidan taniqli yirik olimlar, akademiklar - M.I.Muxamedjanov, D.K.Saidov, V.Vitkovskiy, I.I.Kuzmin, K.V.Smirnov, E.P.Gorelov, A.V.Trushkin, A.K.Spisin, V.A.Lebedov, Arzumanova, M.R.Naryans, Mehnat va O’zbekiston Qahramonlari – I.Turopov, D.Aliboyev, T.Mingliyev, B.Daminov, J.Yusupov, Z.Norqulova, O.Hamrayeva, M.Qo’chqorov, B.Kumakov, I.Fayzullayev, D.Abdullayev, A.Ergashev, M.Zokirov va boshqa davlat arboblari yetishib chiqqan. Bugungi kunda ham fakultetimizni bitirgan agronomlar xorijiy, MDH mamlakatlari va Respublikamizning turli ilmiy, o’quv va ishlab chiqarish muassasalarida faoliyat ko’rsatmoqda.
          O’tgan yillar davomida fakultetda jami 16000 ta olim–agronomlar va bakalavrlar, 60 nafardan ortiq magistrlar tayyorlangan; 6 ta fan doktorlari, akademiklar, 32 ta fan doktorlari professorlar, 179 ta fan nomzodlari, dosentlar, 6 ta O’zbekiston Qahramoni va Davlat arboblari yetishib chiqqan. Hozirda fakultetda mutaxassislar tayoyorlashda 12 nafar fan doktorlari, professorlar, 36 nafar fan nomzodlari dosentlar, 4 nafar katta o’qituvchilar, 32 nafar assistentlar va 14 nafar texnik xizmatchilar qatnashmoqda.
          Hozirgi kunda fakultetda tajribali olimlardan fan doktorlari, professorlar, D.T.Abdukarimov, I.H.Hamdamov, R.Oripov, P.U.Uzoqov, F.X.Hoshimov, T.E.Ostonaqulov, K.M.Mo’minov, N.X.Xalilov, T.X.Xujakulov, I.T.Ergashev va fan nomzodlari, dosentlar Q.Ravshanov, S.X.Narziyeva, B.X.Xolmirzayev, A.Umrzoqov, Sh.B.Berdiqulov, M.A.Xayitov, M.Lukov, A.Hamzayev, D.Normurodov, A.Elmurodov, S.Mustanov, P.Bobomirzayev, O.Xudoyqulov, B.Abdullayev, U.Qarshiyeva, E.Xamdamova, A.Sanaqulov S.T.Sanayev, B.T.Mavlonovlar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
        Hozirda fakultetda 7 ta ta’lim yo’nalishlari «5620200 - Agronomiya», «5620100- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik», «5620400 - Qishloq xo’jalik ekinlari urug’chiligi va seleksiyasi», «5620300 - O’simliklar himoyasi va karantini», «5140900 - Kasb ta’limi (5620200 - Agronomiya)», «5620800 – O’rmonchilik» «5620900 - Ipakchilik» bakalavrlari, 4 ta mutaxassisliklar (O’simlikshunoslik, paxtachilik, seleksiya va urug’chilik, agrokimyo) bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Mutaxassislar mustaqil Respublikamizning hozirgi kundagi talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiga o’tish islohatlarni chuqurlashtirish dasturlari talablariga mos ravishda tayyorlamoqda. Ana shu maqsadga barcha o’quv dasturlari va ish rejalari yo’naltirilgandir. Fakultetda talabalarning 10 ta ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Unda talabalarning 90 foizi ishtirok yetib har xil 200 dan ortiq nazariy va tajribali ma’ruzalar tinglanmoqda. Talabalarning ko’pchiligi davlat va xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlar olib bormoqdalar. 2003-2004-o’quv yilida “Paxtachilik” mutaxassisligi magistri D.Jumanov, 2004-2005-o’quv yilida “Seleksiya va urug’chilik magistri I.Lukova, 2005-2006-o’quv yilida kasb ta’limi 4 kurs bakalavri Chuliyeva Marhabo “Qishloq xo’jaligi va meliorasiya” yo’nalishi bo’yicha O’zR. Prezidenti stipendiati, Abdumalikov Jasur va Ismoilov Alisherlar Beruniy nomidagi Davlat stipendiati sovrindori bo’lishdilar. 2007-2008-yilda Kasbiy ta’lim(agronomiya) yo’nalishi talabasi Rafiyeva Feruza Prezident Davlat stipendiyasi g’olibi, Agronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi Ishonqulova Farida “Kelajak Ovozi - 2007” Respublika tanlovi g’olibi, 2008-2009 yilda yesa Ishonqulova Farida Beruniy davlat stipendiyasi sovrindori, Kasbiy ta’lim (agronomiya) yo’nalishi talabasi Hayitova Shahnoza “Kelajak ovozi - 2009” Respublika tanlovi g’olibi, 2009-2010-o’quv yilida yesa kasbiy ta’lim(agronomiya) yo’nalishi talabalari Boboqulov Zarif Beruniy davlat stipendiyasi, Hayitova Shahnoza esa Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lishdilar. So’nggi 2013-2014-o’quv yilida 4 kurs bakalavriat talabalari Anvar Shamsiyev “Qishloq xo’jaligi” yo’nalishi bo’yicha O’zR. Prezidenti stipendiati, Akmal Hayitov esa Beruniy nomidagi Davlat stipendiati sovrindori bo’lishdi.
         Keyingi yillarda fakultet yetakchi olimlari tomonidan Botanika, Tuproqshunoslik, O’simlikshunoslik, Sabzavotchilik, Mevachilik asoslari darslik va o’quv qo’llanmalari chop ettirildi.
           O’quv jarayonlari bilan birgalikda fakultetda ilmiy tadqiqot ishlari keng yo’lga quyilgan bo’lib, tuproqlar unumdorligini, paxta, don va oziqa ekinlarining o’sish, g’o’za, g’alla, kartoshka ekinlarining yangi navlarining yaratish va urug’chiligini tashkil qilish borasida keng ko’lamda ishlar olib bormoqda.
          Fakultet qoshida magistratura, doktorantura va doktorlik dissertasiyalarining himoya qilish bo’yicha Birlashgan ixtisoslashgan kengashning mintaqaviy tarmog’i mavjud. Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud: 
 
Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.