• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Chairs arrow The chair of book accountancy and audit  
Friday, 24 January 2020
The chair of book accountancy and audit
«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI

                                                                                                              Alikulov Abdimo'min Ismatovich  
                                                                                                        iqtisod fanlari doktori, kafedra mudiri

 ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77.  140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662344433
Fax: +998662340786
Qabul kunlari:  Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.
 
     «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi 1980-yilda tashkil etilib, dastlab «Buxgalteriya hisobi va statistika», 1989-yildan «Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyati tahlili», 1998-yildan «Buxgalteriya hisobi, moliya va audit», 2003-yildan «Buxgalteriya hisobi va audit» nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
          1980-1984 yillarda dotsent D.Xolbayev, 1984-1988 yillarda dotsent T.Qudratov, 1988-2000 yillarda professor N.S.Sanayev, 2000-2007 yillarda dotsent A.Alikulov, 2007-2013-yillarda dotsent M.Xolmurzayev, 2013-yildan boshlab i.f.d.  
                                                                          A.Alikulov boshqarmoqda.
         Kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat  ko’rsatishadi, shundan:
        Kafedrada 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari (shu jumladan bir nafar o’rindoshlik asosida); 1 nafar ilmiy darajali katta o’qituvchi; 3  nafar ilmiy darajasiz katta o’qituvchi, 1 nafar ilmiy darajali assistent, 5 nafari ilmiy darajasiz assistent. 
         Ilmiy salohiyat 43 % ni tashkil etadi. 
         Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi – 46 yosh.
«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASIDA  O’QUV-USLUBIY ISHLAR
      Professor-o’qituvchilar tomonidan institut bo’yicha 24 ta fandan o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan va institut axborot resurs markazida saqlanmoqda.                1. Mutaxassislikka kirish.  2.  Buxgalteriya hisobi nazariyasi. 3. Statistika. 4.  Moliya. 5. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. 6.  Moliyaviy hisob. 7.  Boshqaruv hisobi. 8. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. 9. Pul, kredit va banklar. 10.  Audit. 11.  Moliyaviy  va boshqaruv tahlili. 12.Soliq va soliqqa tortish. 13. Sug’urta ishi. 14. Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar. 15. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. 16. Moliya va soliqlar. 17. Iqtisodiy tahlil va audit. 18. Buxgalteriya hisobi va audit. 18. Korxonalar faoliyatining tahlili va statistik asoslari. 19. Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. 20. Byudjet hisobi. 21. Moliyaviy menejment. 22. Qishloq xo'jalik korxonalari tahlili. 23. Investitsiyalash va loyihaviy tahlil. 24. Buxgalteriya va statistika asoslari.
          «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi dotsenti Turdiboy Qudratovning «Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili» darsligi «Yilning eng yaxshi darsligi» tanlovida faxrli o’rinni egalladi. Shuningdek, «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» darsligi, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun «Iqtisodiy tahlil» o’quv qo’llanma, «Iqtisodiy tahlil» ma’ruzalar kursi, «Iqtisodiy tahlil» fanidan amaliy mashg’ulotlarda bajariladigan vazifalar to’plami,  kafedra dotsenti Davlat Xolboyev «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishi talabalari uchun «Moliyaviy hisob» o’quv qo’llanmasini chop ettirdi. Dotsent Mansur Xolmurzayev «Paxtachilik fermer xo’jaliklari moddiy-texnika resurslarini modernizasiyalash va uning samaradorligi» monografiyasi chop ettirdi.
 «BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASIDA  ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
       Kafedraning barcha o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. 
       Kafedra mudiri Alikulov Abdimo’min rahbarligida assistent U.Ibragimov  «Qishloq xo'jalik korxonalarida mehnat haqi va ijtimoiy to'lovlar hisobi hamda auditining nazariy va amaliy muammolari» mavzusida, assistent U.Eshmurodov "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish jarayoni hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib borishmoqda.
        Assistentlar Z.Abdullayev va M.Mardonov Yevropa Ittifoqining “ERASMUS-Mundus-TOSCA” dasturi bo’yicha Italiya va Gretsiya davlatlarining universitetlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo'yicha malaka oshirmoqdalar.
      Assistent, i.f.n. G'Sanayev Janubiy Koreya davlatining 3 yillik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun grant sovrindori bo’ldi.
Kasb-hunar  kollejlari  bilan  hamkorlik
           «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasining filiallari Samarqand viloyati Urgut tuman Ispanza KX kollejida, Samarqand agrotadbirkorlik kollejida, Samarqand bank  kollejida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra o’qituvchilari filiallarga borib, kollej o’qituvchilariga uslubiy qo’llanma, har xil dars ishlanmalari, yangi pedagogik texnologiyalar sohasida samarali yordam ko’rsatmoqdalar.
Xorijiy  OTMlari  bilan hamkorlik 
         Kafedra o’qituvchilari bir qator MDH davlatlari hamda chet el ilmiy markazlari bilan yaqin aloqada bo’lib, ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar, jumladan, Temiryazov nomli qishloq xo’jaligi akademiyasi, MDU, ADU, AQSh, Germaniya, Malayziya universitetilari, Italiya Akvila Universiteti, Gretsiya, Janubiy Koreya ilmiy markazlari olimlari bilan masofaviy aloqalar o’rnatib, tajriba almashinmoqda.
«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY  ISHLAR
         «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishiga yetakchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada belgilangan reja asosida talabalar orasidan iqtidorli talabalarni aniqlab, ularni fan va sport to’garaklariga jalb etish, institut, fakultet va kafedrada berkitilgan hududlarda obodonlashtirish ishlarida faol qatnashish, buyuk allomalar tavalludini keng nishonlash tadbirlarida hamda Samarqand shahrining tarixiy obidalariga sayohatni tashkil etish ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, kafedra o’qituvchilari talabalar turar joyi va ijara uylarida talabalar bilan odob-ahloq, siyosiy-ijtimoiy yangiliklar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishda institutda o’rnak ko’rsatib kelishmoqda.
KAFEDRA FAOLIYATIDAGI SO’NGGI YANGILIKLAR
    Dotsent Alikulov Abdimo’min Ismatovich iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi diplomini oldi (27.12.2012 y.). Assistent, i.f.n. G'Sanayev Janubiy Koreya davlatining 3 yillik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun grant sovrindori bo’ldi.
 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.