• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Samarqand shahrining 2750 yilligiga bagishlangan xalqaro simpozium.  
Wednesday, 29 January 2020
Samarqand shahrining 2750 yilligiga bagishlangan xalqaro simpozium.
Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlangan xalqaro simpozium.
 
        Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlangan "Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o’rni" mavzusidagi  xalqaro simpoziumi 24-26 may kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tdi. Simpoziumni 24 may kuni, O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari A.Oripov tabrik so’zi bilan ochdi. Simpozium ishida O’zR FA prezidenti Sh.I.Salixov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.U.Baxromov va boshqa mas’ul kishilar qatnashishdi. Yalpi majlisdan keyin simpozium o’z ishini 6 ta sho’baga bo’lingan holda davom ettirdi. Simpoziumda Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan yirik tarixchi, adabiyotshunos, manbashunos olimlar 240 dan ortiq ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Bu xalqaro anjuman qatnashchilari o’z ishini 6 ta sho’baga bo’linib davom ettirishdi. Olimlar 26 may kuni simpoziumni yakunida o’qilgan ma’ruzalarni muhokama qilishdi, simpozium ishi bo’yicha rezolyusiya qabul qilindi, taklif va xulosalar berildi.
    Simpozium ishida Samarqand kishloq xo’jalik instituti olimlari ham faol ishtirok etishdi.

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.