• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2007 yil 11-may kuni ilmiy-amaliy anjumani bolib otadi.  
Thursday, 23 January 2020
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2007 yil 11-may kuni ilmiy-amaliy anjumani bolib otadi.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2007 yil 11-may kuni ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tadi.
      Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2007 yil 11-may kuni “O’zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida mehnat bozori va aholi mehnat migrasiyasini tartibga solish” mavzusida ilmiy- amaliy anjumani bo’lib o’tadi.
      Anjumanda professor-o’qituvchilar, yosh olimlar, aspirant va izlanuvchilar  ishtirok etishi mumkin. Anjuman materiallari bo’yicha  ma’ruzalarning  tezislar to’plamini  chop  etish ko’zda tutilgan. Ma’ruza tezislarini  taqdim etilishi 2007 yil 10 aprelgacha  qabul qilinadi. Tezislar kamida 2 betdan iborat bo’lib, Word  dasturining  RTF formatida  Times  New  Roman (rus va ingliz tillarida) Baltica Uzbek (o’zbek tilida)  14 shriftda, chap 3 sm, o’ng 1,5 sm, yuqori va pastki chegaralari 2,0 sm.
      Abzas boshidagi chekinish 1sm. Qatorlar orasidagi interval 1,5 sm. Tezislar kopyuterdan  chiqarilgan holda va disketda bo’lishi lozim.    Tezislar tuzilishi quyidagicha: Avtorning familiyasi, ismi, ish joyi-tezisning birinchi varog’ining  yuqori qismida  chap tomonda, tezisning nomi o’rtada (quyuq harflar bilan) yoziladi.
        Anjumanda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha  sho’balarning  ishlashi rejalashtirilgan:
        1. Mehnat bozori. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish.
        2. Aholishunoslik va demografiya.
        Tashkiliy  qo’mita tezislarni atroflicha ko’rib chiqib, qabul qilingandan so’ng  ma’ruza tezislarini chop etadi.
        Mazmun jihatdan talablarga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi.

     Manzilimiz: 700063, Toshkent shahri, O’zbekiston shox ko’chasi 49, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, “Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik ”kafedrasi, 7- bino, 2- qavat.
            

     Murojat uchun telefonlar:
        395-26-69
        395-49-61
      E-mail: nargiza¬ This email address is being protected from spam bots, you need Javascript enabled to view it

                                                                               
                                                                                   Tashkiliy qo’mita

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.