• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Main arrow Internship International arrow 8-mart xotin qizlar kuniga bagishlangan bayram tadbirlari  
Wednesday, 29 January 2020
8-mart xotin qizlar kuniga bagishlangan bayram tadbirlari
8-mart xotin qizlar kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlari

      6 mart kuni 1200 da institut madaniyat saroyida 8 mart xotin qizlar kuniga bag’ishlangan «Ayollarga ehtirom» mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda institut xotin-qizlar kengashi raisi J.B.Sayfiddinova O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika xotin-qizlar qumitasi raisi, Senator S.T.Inamovaning institutimiz xotin-qizlariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Shundan so’ng institut rektori professor Sh.T.Xoliqulov taklif qilingan, ko’p yillar samarali mehnat qilgan faxriy professor-o’qituvchi ayollarni hamda talaba qizlarni bayram bilan muborakbod etib, sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Bayram munosabati bilan institutning professor-o’qituvchi, xodima ayollari hamda nafaqadagi onaxonlar umumiy 1.725.600 so’m miqdorida moddiy rag’batlantirildi.
      Shu kuni 14:00 da madaniyat saroyida fakultetlararo «Ayolga ehtirom» shiori ostida talaba yigitlar o’rtasida «Sho’x yigitlar» ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik tanlovda muddatli harbiy xizmatni o’tab kelgan talabalar ishtirok etibib, 5 ta:
      1. «Tanishuv»
      2. «Aktyorlik san’ati»
      3. «Pazandalik sirlari»
      4. «Aql mashqi»
      5. «Muammo»
shartlari bo’yicha bellashdilar. Jamoalar o’zlarini aktyorlik mahoratlarini, pazandaliklarini, iqtidorlarini sahnaviy ko’rinishlar orqali namoyish etishdi. Tanlov yakuniga ko’ra «Eng sho’x yigitlar» nominasiyasi Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash, «Eng zo’r aktyorlar» nominasiyasi Agronomiya, «Eng quvnoq jamoa» nominasiyasi Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik, «Eng aqlli yigitlar» nominasiyasi Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti jamoasi yigitlariga berildi.
     6 mart kuni soat 14:00 da «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi tomonidan 8-mart «Xotin-qizlar» kuni munosabati bilan oliy o’quv yurtlarini qizlari o’rtasida Samarqand shahar «Sharq» teleklubida «Liderlar ichida lider» tanlovi o’tkazildi. Tanlovda institutning Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 2 bosqich talabasi Saidova Nigora ishtirok etib, «Eng nazokatli qiz» nominasiyasini g’olibi bo’ldi.

 
< Prev   Next >
The latest news
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.