• Uzbek
  • Russian
  • English
 
Asosiy arrow Al va KHK bilan hamkorlik  
26.01.2020 .
Al va KHK bilan hamkorlik
AL va KHK bilan ishlash bo'limi
 Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich
Veterinariya fanlari nomzodi
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi boshlig'i
ALOQA MA'LUMOTLARI
Samrqand shahri M.Ulug'bek, 77
Samrqand qishloq xo'jalik instituti
Tel: (+998 93) 340-19-19
Faks: (+ 998 66) 234-07-86

        Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limining faoliyati. Samarqand qishloq xo'jalik instituti "Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi" o'quv jarayonini modernizasiyalash, ta'limning innovasion texnologiyalarini keng joriy etish, ta'limni uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda institut qoshidagi 2 ta akademik lisey, viloyatdagi 30 ta qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMlariga jalb qilish hamda bitiruvchilarni bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovasion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.
     Institut qoshidagi 2 ta akademik lisey va institutga biriktirilgan 30 ta qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlariga fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, kafedralarning yetakchi professor-o'qituvchilari mas'ul etib ta'yinlangan. Har bir biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida institut kafedralarining filiallari tashkil etilgan. Bundan tashqari Respublikamizning boshqa viloyatlaridagi 150 dan ortiq qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bilan ham o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari tuzilgan.    
     Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonini samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlardan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.
    Institut qoshidagi akademik liseylar va biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi.
        Kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berilmoqda va har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklari" kuni tashkil etilib, lisey va kollej o'quvchilari jalb qilinadi.
     Institut professor-o'qituvchilari tomonidan kollejlarda yetishmaydigan adabiyotlarni yaratish borasida 25 dan ortiq darslik va o'quv qo'llanmalar, 60 dan ortiq ishlanmalar tayyorlanib kollej o'quvchilariga yetkazib kelinmoqda. Ular turli yillarda "Yilning eng yaxshi" darsligi nominasiyalarda sovrinli o'rinlarni olishgan. Darsliklarning sifatiga e'tibor qaratilmoqda, ularda nazariy qismlarni yoritish bilan birga amaliy laboratoriya darslari ham bayon etilgan.
      Samarqand qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejida chorvachilik yo'nalishidagi mutaxassisliklarga Yaponiyaning hamkorlik dasturi asosida keltirilgan sutni qayta ishlaydigan minisex, tuxumdan jo'ja ochiradigan inkubator, diagnostika va zooanaliz laboratoriyalarida jihozlarni ishlatish, o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlarda, o'quv amaliyotlarida bevosita kasbga yo'naltirish va malaka talablarini shakllantirishda biriktirilgan yetakchi professor-o'qituvchilari kollej o'quv-uslubiy jarayoniga amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda.
      Institutga biriktirilgan qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona, fermer xo'jaliklari rahbarlarining bitiruvchilar bilan, viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kollej o'quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborishda kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash kuzda tutilgan.
    Institutning kasb ta'limi (Agronomiya, Veterinariya, zootexniya) yo'nalishi bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarga ishga yuborish bilan ham ta'limda uzviylikni ta'minlash amalga oshirilmoqda.
      Institutga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida institutning 3 nafar fan doktori professorlar, 17 nafar fan nomzodlari, dosent va katta o'qituvchilar o'rindoshlik asosida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.  Kasb-hunar kollejlari o'qituvchilarini institutning magistratura, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka jalb etib, ularga yetakchi professor-o'qituvchilardan rahbarlar tayinlanib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kasb-hunar kolleji bilan OTMning hamkorligi bo’yicha namunaviy harakat dasturi
Kafedra filialining Namunaviy  nizomi
AL va KHK bilan hamkorlik bo’limining namunaviy nizomi
Hamkorlik shartnomasi

   

 

 
Oxirgi yangiliklar
Ma'lumotlar bazasi
1. Elektron o'quv-uslubiy majmualar.
2. O'quv jarayoni monitoringi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Ilmiy ishlarni monitoringini yuritish dasturi.
4. Xodimlar ma'lumotlar bazasi.